Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandosh olimlarimiz diqqatiga!

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandosh olimlarimiz diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar deyarli barcha sohalarni qamrab olmoqda, ayniqsa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor natijasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiali va qo‘shma oliy ta’lim muassasasi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma fakultet va qo‘shma dasturlar, shuningdek, ikki diplomli dasturlarni tashkil etish borasida talay ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandosh olimlarni mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Jumladan, xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga qaytarish bilan shug‘ullanuvchi Komissiya tashkil etildi. Mazkur Komissiya raisi etib “El-yurt umidi” Jamg‘armasi direktori tayinlandi. Shuningdek, ushbu Komissiya a’zolari tarkibiga turli vazirlik va idoralar, jumladan, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy Attestatsiya komissiyasi, Millatlararo munosabatlar va do‘stlik jamiyatlari qo‘mitasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Buyuk kelajak” XNNTrahbar xodimlari kiritilgan.

Komissiya asosiy faoliyati mamlakatimiz har bir ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga kamida 5 nafardan xorijdagi vatandosh olimlarni jalb qilishni tashkil etish bilan bir qatorda, ularning ehtiyojlarini o‘rganish natijasida zarur qulay shart-sharoitlarni yaratib berish hisoblanadi.

Hurmatli vatandoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar va o‘zgarishlarga befarq bo‘lmasdan, mamlakatimiz ravnaqi uchun o‘zingizning boy ilmiy va amaliy tajribangiz orqali ilm-fan va oliy ta’lim sohalariga o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiramiz.

Buning uchun siz o‘zingiz to‘g‘ringizdagi barcha ma’lumotlarni, jumladan ob’ektiv-ma’lumotnoma, chop etgan ilmiy ishlaringizni elyurtumidi@gmail.com elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz.

Sizning ma’lumotlaringiz Komissiya tomonidan o‘rganiladi va xohish istagingizdan kelib chiqqan holda mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga qaytib ishlashingizga sharoitlar yaratib beriladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi