Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XORIJIY EKSPERTLAR O’ZBEKISTON PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK HAQIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XORIJIY EKSPERTLAR O'ZBEKISTON PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK HAQIDA

O’zbekistonda bo’lib o’tadigan Prezident saylovi xalqaro hamjamiyat diqqat markazida bo’lib, ijtimoiy-siyosiy, ekspert-tahliliy, ilmiy-akademik doiralarda va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda.

Robert Blum, Jeneva diplomatik korpusi prezidenti (Shveysariya):

— O’zbekistonda ochiqlik va demokratik ruhda kechayotgan saylovoldi kampaniyasi davlat boshqaruvini va mamlakat aholisining siyosiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saylovda to’rtta siyosiy partiyadan nomzodlarning ishtirok etishi va bu jarayonda transparentlikni ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar mamlakatda siyosiy barqarorlikning va qonun ustuvorligi kafolatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman.

To’rtta siyosiy partiyaning ham saylovoldi dasturlarini tahlil etish shuni ko’rsatadiki, ularning barchasi ham fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy farovonlikka erishishni ko’zda tutadi. Mening nazarimda ular bir-birlarini to’ldirishadi va kelajakda ushbu ovoz berish yakunlanganidan so’ng saylovoldi dasturlarning qay biri amalga oshirilmasin, mamlakatda mavjud umumiy siyosiy holat aniq iqtisodiy va moliyaviy istiqbollarni ochadi hamda xorijiy hamkorlarni O’zbekistonga sarmoya kirgizishini rag’batlantiradi. O’z navbatida men O’zbekiston bilan iqtisodiy, sanoat va madaniy-gumanitar sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlik va ayriboshlashni rivojlantirishga tayyorman.

Yeji Shukalskiy, Lyublin universiteti va Xelm Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy kommunikatsiyalar oliy maktabi professori (Polsha):

— So’nggi yillar davomida men turli mamlakatlar siyosiy tizimlarini tadqiq qilish va parlamentlari faoliyatlarining tahlili bilan shug’ullanib kelmoqdaman. Yaqinda mening O’zbekiston haqida hikoya qiluvchi navbatdagi o’zbek parlamentarizmi shakllanishining asosiy bosqichlari o’z aksini topgan Oliy Majlis tizimi, uning vazifalari va faoliyatiga bag’ishlangan monografiyam e’lon qilindi.

Bo’lib o’tadigan Prezident saylovi, mening shaxsiy kuzatuvimga ko’ra, xalqaro me’yorlarga to’la mosligi bilan birga, o’zbek jamiyatining milliy o’ziga xos jihatini ham o’zida namoyon etadi. Saylovoldi jarayonlar muhim bosqich bo’lib, mazkur siyosiy tadbirning xususiyati va natijasini, uning transparentlik darajasi va nomzodlarning siyosiy malakalarini ko’rsatib beradi.

O’zbekiston siyosiy partiyalari va fuqarolari saylovga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish borasida teng huquq va imkoniyatlar bilan ta’minlanganini ham alohida qayd etish lozim, deb hisoblayman.

Boris Kandov, AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti:

— O’zbekiston islohotlarning o’zbek modeli tamoyillariga asoslangan o’z taraqqiyot yo’lini tanlagan. Bu yo’l o’zining har tomonlama puxta ishlab chiqilganligini namoyon etmoqda va xalqaro e’tirofga sazovor bo’lmoqda. Bugun O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining zamonaviy, o’z ortidan ergashtirish qudratiga ega bo’lgan davlati hisoblanadi.

Juda ko’plab vatandoshlarim kabi men ham mamlakatingizda kechayotgan taraqqiyot jarayonlarini diqqat bilan kuzatib boraman. O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi saylovni tashkil etish ishiga o’ta mas’uliyat bilan yondoshganini alohida ta’kidlashni istardim. Uning ilk qadamlaridan biri xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan kuzatuvchilarni taklif etish bo’ldi. O’zbekistonning xalqaro maydondagi yuksak nufuzini hisobga olgan holda, aminmanki, dunyoning ko’plab davlatlari saylov jarayonlarini monitoring qilish uchun o’z vakillarini yuborishadi.

Men xalqaro kuzatuvchi sifatida mamlakatingizda bo’lib o’tgan saylovlarda ilgari ham qatnashganman. Umid qilamanki, mening faoliyatim bo’lib o’tadigan Prezident saylovida shaffoflik va ochiqlik ta’minlanganligining xolis baholanishiga ko’maklashadi.

Choy Sunja, Inha universiteti prezidenti (Koreya Respublikasi):

— Prezident saylovida butun dunyodan kuzatuvchilarning ishtirok etishi bo’lib o’tadigan muhim siyosiy tadbirning xalqaro me’yorlarga to’la mos holda o’tkazilishidan dalolat beradi va O’zbekistonda saylov jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini yana bir bor namoyish etadi.

Asosi O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan yaratilgan ikki tomonlama hamkorlik darajasining yuqoriligini hisobga olib, men dekabr oyida bo’lib o’tadigan saylovdan keyin ham mamlakatlarimiz o’rtasidagi barcha sohalardagi munosabatlar yanada chuqurlashishiga ishonaman.

Ramachandran Rajendran, TOR 10 jurnali asoschisi va bosh ijrochi direktori (Malayziya):

— O’zbekistonda aholini, ayniqsa yosh avlodni milliy saylov qonunchiligi bilan tanishtirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatingizda demokratik talablarga to’la javob beruvchi zamonaviy saylov tizimi yaratilgan, samarali, xalqaro saylov me’yorlari va tamoyillariga mos keladigan, fuqarolarning xohish irodalarini erkin ifoda etishlarini ta’minlaydigan saylovlarning qonuniy asoslari shakllantirilgan.

Ushbu muhim va mas’uliyatli pallada o’zbek xalqining jipslashganligi Prezident saylovi ovoz beruvchilarning yuksak faolligi va oshkoralik, ochiqlik va transparentlik tamoyillariga mos holda muvaffaqiyatli o’tadi, degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi.

Mahfuz Sidiq, Indoneziya parlamenti Xalq vakillari palatasi Qishloq xo’jaligi, o’rmonchilik, baliqchilik va aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari qo’mitasi a’zosi:

— O’zbekiston rivojlangan demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida ishonch bilan odimlab bormoqda. Bunga biz o’zbek matbuoti orqali kuzatib borayotgan Prezident sayloviga rejali va har tomonlaman tayyorgarlik jarayonlari ham misol bo’la oladi.

Men ikki marta mamlakatingizda bo’lib o’tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman hamda har gal demokratiyaning eng yaxshi an’analari va xalqaro tajribaning ijobiy jihatlarini qabul qilish yo’li bilan O’zbekistonda saylov jarayonlarining bosqichma-bosqich rivojlanib borganining guvohi bo’lganman.

O’zbekistonning mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish hamda saylov sohasini takomillashtirish borasida erishgan muvaffaqiyatlari yuksak bahoga munosib.

Professor Magdi Za’bal, Zakazik universiteti milliy tadqiqotlar markazi direktori, Qohiradagi Misr-O’zbekiston do’stlik jamiyati raisi:

— O’zbekistonda birinchi Prezident Islom Karimov rahbarligida keng ko’lamli ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi - mamlakatning jadal iqtisodiy taraqqiyoti va uni keng ko’lamli modernizatsiyalashga xizmat qilgan siyosiy barqarorlik, mustaqil tashqi siyosat yo’nalishi va xavfsizlik ta’minlandi.

Shu bilan birga, mamlakatda adolatni, fuqarolarning o’z xohish-irodasini erkin bildirishini, ovoz berishning mutlaq ochiqlik va oshkoraligini kafolatlaydigan saylov tizimi yaratildi. Shunisi quvonchliki, mamlakatingizda milliy qonunchilikni takomillashtirish borasida maqsadli va bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. Bu borada O’zbekiston o’z amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalariga tayanmoqda.

Ochiq demokratik huquqiy davlat bo’lgan O’zbekiston o’zining xalqaro burchlarini izchil bajarib kelmoqda, mamlakatda bo’lib o’tadigan saylovlarga xalqaro tashkilotlarda faoliyat olib boradigan tajribali mutaxassislarni - xalqaro kuzatuvchilarni muntazam ravishda taklif etmoqda.

Men 2005-2009-yillarda Misrning Toshkentdagi elchixonasida madaniyat masalalari bo’yicha maslahatchi bo’lib mamlakatingizda xizmat qilish baxtiga muyassar bo’lganman. Bundan tashqari, O’zbekistonga 2014-yilda parlament saylovida xalqaro kuzatuvchi bo’lganman va uning yuksak darajada tashkil etilganiga va shaffoflik tamoyiliga asoslangan holda o’tganiga guvoh bo’lgan edim. Binobarin, juda ko’plab xalqaro kuzatuvchilarning fikriga ko’ra ham, parlament saylovi ochiqlik, oshkoralik muhitida, xalqaro huquq me’yorlariga to’la mos holda o’tdi.

“Jahon” AA