Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Xorijlik abituriyentlar uchun O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasiga qabul boshlandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Xorijlik abituriyentlar uchun O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasiga qabul boshlandi

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi 2019-2020-o‘quv yili uchun chet el fuqarolarini bakalavriatda o‘qish uchun 15-iyun kunidan qabul ochilganini e’lon qiladi.

Xorijlik abituriyentlar akademiyaga kirish imtihonlaridan ozod etiladi va suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar istaklariga ko‘ra, o‘zbek va rus tilida o‘qishlari mumkin. Ularga diniy va dunyoviy fanlardan o‘z sohasining yetuk professor-o‘qituvchilari dars beradi.
Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olish mumkin:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (4 yil):
—  Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari);
—  Xalqaro munosabatlar;
—  Islomshunoslik (qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, aqida va tasavvuf, islom tarixi va manbashunosligi);
—  Dinshunoslik;
—  Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi);
—  Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili);
—  Turizm (ziyorat turizmi).
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikasi fuqarolari tahsil olmoqda. 2019-yildan boshlab, Rossiya musulmonlari diniy kengashi muftiysi Albir Krganov doktoranturaga qabul qilindi.
Bu yilgi qabul jarayonida chet el fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda international@iiau.uz va +998907888745 (Telegram va WhatsApp) raqami orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun o‘qish shartnomasi summasining o‘zlariga maqbul shaklini tanlash imkoniyati yaratilgan.
O‘qishga qabul qilingan xorij fuqarolarining viza olishi va yashashi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassislari yordamida amalga oshiriladi.

Murojaat uchun:
international@iiau.uz
+998907888745
+998935510593 (ingliz tilida murojaat uchun)
+998712449593

UzA