Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XORIJLIK EKSPERTLAR IHT TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHIDA O’ZBEKISTONNING RAISLIGI XUSUSIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XORIJLIK EKSPERTLAR IHT TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHIDA O'ZBEKISTONNING RAISLIGI XUSUSIDA

Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining raisligi O’zbekistonga o’tgani hamda mamlakatimiz Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev tomonidan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslar xorijiy ellarning ekspert-tahlil doiralarida keng muhokama qilinmoqda.

Pyer-Emmanuel Tomann, Yevropa xalqaro munosabatlar institutining geosiyosiy dasturlar direktori (Belgiya):

— Toshkentda bo’lib o’tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi 43-sessiyasi ushbu tashkilotning institutsional rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Bu, eng avvalo, O’zbekistonning mintaqaviy va xalqaro muammolarning hal etilishida IHT o’rnini mustahkamlash tarafdori bo’lib chiqayotgani bilan bog’liq bo’lib, bunday qarash xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan rasmiy Toshkentning umumiy yo’li va yondoshuvlariga to’la mos keladi. Shu bois 2015-2016 yillardagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi raisligi ortidan respublikaning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi ham izchil va muvaffaqiyatli bo’lishiga shubha qilmasa ham bo’ladi.

O’zbekiston bag’rikenglik, turli madaniyatlararo o’zaro hurmat, islom dunyosi ichida bo’lgani singari turli e’tiqod va xalqlar vakillari o’rtasida o’zaro tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishida Islom hamkorlik tashkilotining o’rnini oshirishni yoqlab chiqmoqda. O’zbekiston tomoni bu tamoyillar IHT faoliyatida turli xavf-xatarlarga qarshi kurashda hamda ularni o’z vaqtida bartaraf etishda tinch, siyosiy-diplomatik va tahdidlarning oldini olish uslublarini qidirib topish uchun zarur, deb hisoblaydi. Bunday yondoshuv adolatli va asoslidir. Shu sababli O’zbekiston o’zining IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashida raisligi chog’ida nufuzli davlatlararo tizim sifatida bu tashkilotning maqomini yanada oshirishga intiladi.

Ko’p qutbli dunyo sharoitida, sayyoramizning ko’pgina burchaklarida keskinlik o’sib borayotgan pallada O’zbekistonning IHT doirasidagi sa’y-harakatlari nafaqat islom olami mamlakatlari, balki Yevropa davlatlari tomonidan ham har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi lozim. Yevropa davlatlari millatlararo va dinlararo hamjihatlikni ta’minlash bo’yicha Markaziy Osiyoning eng muhim mamlakati bo’lgan O’zbekistonning boy va ijobiy tajribasini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratishi muhimdir. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston konstruktiv o’rin tutishda davom etayotgani nuqtai nazaridan ham juda muhimdir.

Endryu Bouen, Vudro Vilson xalqaro markazi eksperti (AQSh):

— Mamlakatlarni umumiy diniy mansublik asosida birlashtirgan noyob tuzilma - Islom hamkorlik tashkilotining dolzarbligi zamonaviy bosqichda ko’p karra o’sdi. IHT xiyla mo’’tadillik nuqtai nazari bilan musulmonlarning manfaatini himoya qilmoqda. Uni avvalgidan ancha dolzarb bo’lgan yumush - nafaqat islom olami va boshqa dinlar o’rtasida, balki tinchliksevar, mo’’tadil va ma’rifatli islomni targ’ib etish asosida musulmonlarning ichida ham vositachilik qilish vazifasi kutmoqda.

Musulmon ummasi yangi g’oyalarga ehtiyoj sezayotgan, ayniqsa, ma’rifatli islomni teran anglash va hamjamiyat ichida mo’’tadil qarashlarni tarqatish nuqtai nazaridan O’zbekistonning IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi juda mas’uliyatli davrda kechmoqda.

IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi sessiyasi Toshkentda o’tkazilishi va hozirgi pallada unga O’zbekistonning raislik qilishi O’zbekiston - Amerika hamkorligini faollashtirish nuqtai nazaridan ham qator afzalliklar beradi. Keyingi yillarda Vashington islom dinining asl mohiyatini noto’g’ri tushunishdan kelib chiqadigan vayronakor mafkuraga qarshi turishning yangi usullarini qidirish borasida faol harakat qilmoqda. Shu sababdan Islom hamkorlik tashkilotining ilmiy-ma’rifiy va madaniy-gumanitar salohiyatini kuchaytirish bo’yicha Toshkentning konstruktiv takliflari Amerika tomoni uchun ham dasturilamal bo’lishi mumkin.

Leons Tayvans, siyosiy fanlar doktori, Latviya universiteti professori:

— O’zbekiston ulkan ilmiy va madaniy salohiyatga ega, shu boisdan ham u IHT rivojlanishiga bebaho hissa qo’shishga qodir. Tashkilotga a’zo bo’lgan boshqa ko’pgina mamlakatlarga taqqoslaganda respublika ancha ko’hna tarixning va boy madaniyatning sohibi hisoblanadi. Islom dini paydo bo’lganidan so’ng uning gullab-yashnashi va rivojlanishi aynan hozirgi O’zbekiston hududida kechdi. IX-X asrlarda o’zbek mutafakkirlari, olim va din arboblari islomning dunyo dinlaridan biri sifatida namoyon bo’lishiga benihoya katta hissa qo’shganlar.

Shuni ham qayd etish joizki, yoshlarni ma’naviy va ahloqiy jihatdan tarbiyalash bo’yicha O’zbekiston tajribasini IHTga a’zo bo’lgan boshqa davlatlar o’rganishi va o’zlariga tadbiq etishlari muhimdir. Chunki respublikada musulmonlar dinining asl mohiyati bo’lgan tinchliksevar islom tobora ravnaq topmoqda. Shu bois O’zbekiston Respublikasining ushbu tashkilotdagi raisligi diniy qadriyatlarga, ta’lim va ma’rifatga, tinchlik hamda barqarorlikni saqlashga munosabat borasida to’planib qolgan ko’pgina masalalarni hal etish nuqtai nazaridan ulkan ahamiyatga ega.

O’zbekiston o’z mustaqilligining 25 yili davomida gullab-yashnayotgan mamlakatga aylandi. Shu sababli respublikaning tajribasi hamda uning boy tarixi va madaniy merosi boshqa mamlakatlarni tinchlik va barqarorlikning bahosini teran anglashga undashi mumkin.

Kurshad Zorlu, «Yeni Çağ» (Yangi davr) ijtimoiy-siyosiy gazetasining siyosiy sharhlovchisi, IHT va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha ekspert, siyosiy fanlar doktori (Turkiya):

— Afsuski, jahonda islomni yomonotliq qilishga, uning obro’sini tushirishga bo’lgan turli urinishlar davom etmoqda. Shu bois islomning hamda musulmon madaniyatining asl qadriyatlarini himoya qilish, islomning din sifatida tinchlik va uyg’unlikka undovchi, bag’rikenglik, ma’rifat va intellektual yuksalishni targ’ib etadigan, murosasizlik va zo’ravonlikni nomaqbul hisoblashini namoyish etish vazifasi IHT faoliyatining oldingi qatoriga chiqmoqda.

Shu nuqtai nazardan Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi davrida O’zbekiston taklif etayotgan kun tartibi benihoya muhim ahamiyatga egadir. IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi tashkilotning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzilmasi ISESCO tomonidan 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilingan Toshkent shahrida o’tkazilishining o’ziyoq haqiqiy islomning mohiyatini, uning tinchlik va bunyodkorlikka asoslangan muqaddas din ekanligini butun dunyoga ko’rsatadigan muhim jihat hisoblanadi. Qolaversa, O’zbekiston Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom al-Moturidiy singari Sharqning buyuk mutafakkirlari va jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan boshqa ko’pdan-ko’p umum miqyosda e’tirof etilgan ma’rifat yulduzlariga beshik bo’lgan mamlakatdir.

Shu boisdan ishonch bilan tasdiqlash mumkinki, IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining sessiyasi Toshkentda o’tkazilishi haqiqatan ham mazkur tashkilotning xalqaro nufuzini mustahkamlashga, umumbashariy masalalarning hal etilishida, tinchliksevarlik va insonparvarlikning eng yuksak g’oyalarini insonlar ongiga yetkazishga qodir bo’lgan musulmon davlatlarining obro’li anjumani sifatida bu tashkilotning o’rni va ahamiyatini oshirishga ko’maklashadi.

“Jahon” AA