XORIJLIK HAMKORLAR SAFI KENGAYMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan shu yil 16-yanvarda Respublika hukumatining majlisida 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari belgilab berildi.
Farg‘ona viloyatida bugungi kunda 638 yengil sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 42 tasi qo‘shma korxona bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar o‘ttizdan ortiq davlatga eksport qilinmoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilayotgan e’tibor tufayli yengil sanoat iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Farg‘ona viloyatidagi yengil sanoat korxonalari joriy yilning o‘tgan davrida 204,7 million dollarlik mahsulot eksport qildi.
Hududiy korxonalar tomonidan yiliga o‘rtacha 86-90 ming tonna tola qayta ishlanib, 70 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Engil sanoat korxonalarida mahsulot turini ko‘paytirish bo‘yicha aniq maqsadli dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘tgan to‘qqiz oyda 27 turdagi yangi mahsulot tayyorlash o‘zlashtirildi.“Daewoo Textile Fergana”, “Quva tekstili”, “Narimteks”, “A. Akbarali” kabi korxonalar, ayniqsa, samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qo‘qon shahridagi “Indorama Qo‘qon tekstil” O‘zbekiston – Singapur qo‘shma korxonasida mahalliy toladan xalqaro standartlarga mos, sifatli ip-kalava ishlab chiqarilayotir. Bu yerda 2010-2014-yillarda 100 million dollarga yaqin investitsiya o‘zlashtirilishi hisobidan yiliga 16,5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish imkonini beradigan qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirildi, mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
– O‘zbekiston paxtasining sifati juda yuqori, – deydi “Indorama Qo‘qon tekstil” qo‘shma korxonasi direktori Deyepak Rena. – Bu jahon standartlari darajasida ip-kalava tayyorlashimizda qo‘l kelmoqda. Ayni paytda mahsulotlarimiz 23 davlatga eksport qilinayotir. Yaratilayotgan qulay sharoit va sarmoyaviy muhit tufayli faoliyatimizni yanada rivojlantirish maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib bormoqdamiz.
Toshkent shahrida 15-16-oktabr kunlari tashkil etilgan XI Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida ushbu qo‘shma korxona 55 million dollarlik shartnoma tuzdi.