Xorijning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilish – O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining muhim vazifasi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Botir Asadov TIVda yig‘ilish o‘tkazdi. Unda TIV markaziy devonining tuzilmaviy bo‘linmalari, shuningdek, videoaloqa orqali xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xorij sarmoyalarini jalb qilish va o‘zlashtirish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar ishi samaradorligiga bergan tanqidiy bahosi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyundagi 478-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylarda ijro hokimiyati organlari rahbarlarining faol investitsion siyosatni amalga oshirishdagi mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun va mohiyati haqida majlis ishtirokchilariga ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, xorij investitsiyalarini, avvalo xorijning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilish O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining muhim va ustuvor vazifasidir.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti bildirgan kamchiliklarni bartaraf etish, topshiriqlarni so‘zsiz hal etish yo‘llari va usullari yuzasidan ochiqdan ochiq fikr almashildi. Shuningdek, mamlakatimizning biriktirilgan mintaqalari va iqtisod tarmoqlari bilan samarali ishlarni faollashtirish topshig‘i berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq xorijiy investorlarning investitsion takliflarini ochiq muhokama qilishning yagona maydonchasi ko‘rinishida tadbirkorlik subyektlarining davlat boshqaruvi organlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti mexanizmini kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lum qilindi.
UzA