XOTIN-QIZLAR BANDLIGI DOIMIY E’TIBORDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkor ayollarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning bu boradagi intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi tomonidan ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda uyushmaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan tadbirkor ayollar safi yildan-yilga kengayib bormoqda.
Uyushma mutaxassislari xotin-qizlarning har biriga mos reja ishlab chiqish, bilim va malakasi yetarli ayollarga mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi, endi ish boshlayotganlarga esa qiziqishi asosida ko‘nikmasini boyitishga ko‘mak berayotir. Uyushma huzurida biznesni yuritish, moliyaviy-huquqiy savodxonlik, mehmonxona ishini yuritish, qandolatchilik, gilamdo‘zlik kabi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Nukusda “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan milliy kashtachilik sirlarini o‘rganishga bag‘ishlab o‘tkazilgan o‘quv-seminarda bu alohida ta’kidlandi.
Ikki haftalik seminarda milliy kashtachilik sirlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Milliy kashtachilik san’atining mohir ustasi Gulnora Yembergenovaning qadimiy qoraqalpoq milliy naqshlarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
– Prezidentimiz rahnamoligida ayollarning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish va faolligini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda, – deydi qo‘ng‘irotlik Gulmira Xo‘jamurodova. – Milliy kashtachilik sirlarini puxta o‘rganib, o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yish niyatidaman.
Aminboy Ortiqboyev, O‘zA