Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XOTIN-QIZLAR MANFAATLARI DOIMIY E’TIBORDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XOTIN-QIZLAR MANFAATLARI DOIMIY E'TIBORDA

Mamlakatimizda “Oiladagi tinchlikdan dunyodagi tinchlik sari” xalqaro aksiyasi boshlandi.

Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashishga bag‘ishlangan mazkur tadbir Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, BMT va YeXHTning mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G.Ma’rufova, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi direktori D.Qobulova, YuNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari R.Fuderich, YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi D.Sabo va boshqalar O‘zbekistonda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga aylanganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilaning maqomi, er-xotinning teng huquqliligi, ota-onalarning farzandlari va farzandlarning ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilish mas’uliyati belgilangan. Oila kodeksi, qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bular yanada mustahkamlangan. Xotin-qizlar manfaatlari ifoda etilgan qator xalqaro huquqiy hujjatlar, jumladan, BMTning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CEDAW) mamlakatimizda ratifikatsiya qilingan.

Davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi rolini oshirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, avvalo, inson manfaatlarini ta’minlash, oilalar farovonligini yuksaltirishga qaratilgan. Prezidentimiz Islom Karimovning “Ayol – go‘zal bo‘lsa, olam – go‘zal, ayol baxtli bo‘lsa – oila, butun jamiyat baxtli bo‘ladi” degan so‘zlari ezgu tamoyilga aylangan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Oiladagi tinchlikdan dunyodagi tinchlik sari” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur aksiya ham ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

– Tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, avvalo, oiladan boshlanadi, – dedi YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi D.Sabo. – Bu har bir jamiyatda, butun jahonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, oilalarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur xalqaro aksiya doirasida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbirlar, ko‘rgazmalar va treninglar o‘tkaziladi.

WWW.UZA.UZ