Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XOTIN-QIZLARNING SAYLOVLARDAGI ISHTIROKIGA BAG‘ISHLANGAN RESPUBLIKA SEMINARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XOTIN-QIZLARNING SAYLOVLARDAGI ISHTIROKIGA BAG‘ISHLANGAN RESPUBLIKA SEMINARI

Joriy yilning 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarning saylovlardagi ishtirokiga bag‘ishlangan respublika seminari o‘tkazildi.

Videkonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning joylardagi hududiy tuzilmalari, Markaziy saylov komissiyasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, «Olima ayol» uyushmasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi mas’ul xodimlari, vazirlik, idora va oliy o‘quv yurtlaridagi boshlang‘ich xotin-qizlar tashkilotlari raislari, fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Tadbirda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Basitxanova va boshqalar yurtimizda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, mamlakatimiz hayotining barcha sohasini tubdan yangilash hamda modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilgan islohotlar jarayonida fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish, saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlab kelayotgan, demokratik standartlarga mos bo‘lgan saylov tizimi yaratilganligini qayd etishdi.

Tadbirda bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 80 dan ortiq qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Xususan, Konstitutsiyamizda barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavkeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi belgilangan. Bundan tashqari, Asosiy Qonunimizning 46-moddasi ayollar va erkaklarning teng huquqli ekanligi to‘g‘risidagi normani o‘zida mujassam etgan.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2016 yil 7 oktyabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda fuqarolarga istiqlol yillarida yaratilgan milliy saylov tizimi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun, unga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati hamda saylovchilarning qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklarini keng tushuntirish ishlari olib borilayotganligi alohida qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlat hamda kuchli fuqarolik jamiyatining muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Saylov jarayonlari bevosita fuqarolarning ijtimoiy faolliklarini oshishiga hamda ularning huquqiy ongi va siyosiy madaniyatining yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

Jamiyatni yangilash va demokratlashtirish borasidagi keng ko‘lamli islohotlar rivoji fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishga ham uzviy bog‘liq. Shu bois saylov jarayonining barcha bosqichlaridan saylovchilarning xabardor bo‘lishi, ularning huquqiy madaniyatini, shu jumladan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish muhim hisoblanadi. Bu esa ularning saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga to‘laqonli rioya etishlari va saylov kuni o‘z xohish-irodalarini erkin ifoda etishlarini ta’minlaydi.

Bugungi kunda yuqorida zikr etilgan Dastur doirasida ishlab chiqilgan «Xotin-qizlarning saylovlardagi ishtiroki» mavzusida targ‘ibоt tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga binoan xotin-qizlarning huquqiy va saylov madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashviqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, markaziy va mahalliy teleradiokanallarda milliy qonunchiligimizda belgilangan xotin-qizlarning saylov huquqlari, ularning saylovdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar hamda maqolalar tayyorlanmoqda.

Seminarda Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarda xotin-qizlar qo‘mitalari, ularning boshlang‘ich tashkilotlari va fuqarolar yig‘inlaridagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalarining o‘rni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ahamiyati, okrug va uchastka saylov komissiyalarining asosiy vazifalari, ular ishida xotin-qizlarning ishtiroki, saylovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining roli kabilar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbirda «Xotin-qizlarning saylovlardagi ishtiroki» mavzusidagi davra suhbatlari va uchrashuvlarni oliy o‘quv yurtlari, joylardagi korxona, tashkilot va muassasalardagi mehnat jamoalari, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablaridagi boshlang‘ich xotin-qizlar tashkilotlari, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari raislari va a’zolari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar hamda uy bekalari o‘rtasida o‘tkazish atroflicha muhokama qilindi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish bo‘yicha targ‘ibоt ishlarining izchil olib borilishi, ularning o‘z ovozi davlatimiz va jamiyatimizning kelgusi taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanliklarini anglab yetishlariga xizmat qilishi e’tirof etildi.

Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

www.elections.uz