XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA BAG’ISHLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan vatandoshlarimiz xotirasini tarix o’z sahifasidan aslo o’chirmaydi. Ular doimo katta shon-sharaf va chuqur hurmat-ehtirom bilan yodga olinadilar.
Toshkent fotosuratlar uyida O’zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab tashkil qilingan ko’rgazma ham buni yaqqol tasdiqladi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida urush va mehnat faxriylari, madaniyat va san’at arboblari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Ushbu ko’rgazma uch bo’limdan iborat: Gennadiy Serovning shaxsiy rasmlari, O’zbekiston Badiiy akademiyasi qoshidagi Rassomlar ijodiy uyushmasi faxriylari bo’limi, fotoko’rgazma.
Mohir mo’yqalam sohibi G.Serovning shaxsiy ko’rgazmasidan peyzaj, portret va natyurmort kabi uslublarda ishlangan ijod namunalari joy olgan.
Ikkinchi bo’limda esa urush va uning oqibatlari aks etgan dramatizm uslubidagi suratlar joylashtirilgan bo’lib, ular qatorida bevosita urush qatnashchilari E.Gadetskiy va V.Lisovlar tomonidan ishlangan asarlar o’rin olgan.
“Jahon” AA