Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

«XULQ ILA OLAM ELINI SHOD QIL»

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
«XULQ ILA OLAM ELINI SHOD QIL»

Istiqlol sharofati, davlatimiz va fidoyi xalqimiz sa’y-harakati tufayli ma’naviy merosimiz, jumladan, ulug’ bobokalonimiz Alisher Navoiyning faoliyati hamda ijodini o’rganishga e’tibor kuchaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Navoiy -dahosiga yuksak baho berib, shunday degan edilar: “Inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz”.

Navoiy o’z faoliyatini, jumladan, adabiy ijodini millatning rivojiga, uning -kelajagi porloq bo’lishiga qaratdi. U asarlarida o’zining falsafiy qarashlarini -talqin etish bilan birga, axloqiy mavzular, jamiyat haqidagi siyosiy, ijtimoiy fikrlarini o’rtaga tashladi.

Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlarining markaziy g’oyasini adolat tashkil etadi, desak, yanglishmaymiz. Chunki olam uyining obodligi, jamiyat hayotining farovonligi adolat asosiga quriladi. Navoiy asarlarida “adolat” so’zidan ko’ra “adl” so’zi ko’proq qo’llangan. Bu ikki so’z ma’nodosh bo’lib, hozirgi kunda aksincha, “adl” so’zidan ko’ra “adolat” so’zi ko’proq ishlatiladi.

Navoiy adolatli, insofli bo’lish talabini, birinchi navbatda, o’ziga qo’yadi. Xususan, “Lison ut-tayr” asarining munojot qismida shunday deydi:

Adlu ehsoningg’a xos etgil meni,
Nafsi zolimdin xalos etgil meni.

Haqni nohaqdan, chinni yolg’ondan ajratish adolatning muhim shartlaridan biri -ekanligini nazarda tutib,

Haqni bоtildin birovkim qildi farq,
Adli birla ravshan etti g’arbu sharq, —

deydi Navoiy.

Adolat qilishning qanchalik ezgu amal, savobli ish ekanligini Navoiy quyidagi baytda yuksak badiiy mahorat bilan ifodalab bergan:

Ki, adl ichra o’tganga bir soati,
Erur behki, jinnu bashar toati.
(“Saddi Iskandariy”)

Ya’ni bir soatlik adolat inson va jinlarning toat-ibodatidan afzalroqdir. Yoki:

Hamul adlkim tutti sendin vujud,
Gunohing bag’ishlandi budu nabud.
(“Saddi Iskandariy”)

Ya’ni agar sening tomoningdan adolat sodir etilsa, qilgan va qilmagan gunohlaring kechiriladi.

Hazratning “Nazm ul-javohir” asarida quyidagi ruboiy keltirilgan:

Adl aylaki, ul xalq hayoti bo’lmish,
Xush ul kishikim, adl sifoti bo’lmish,
Ham mulk bila adl jihoti bo’lmish,
Ham adl bila mulk sabоti bo’lmish.

Ya’ni adolat qilginki, bu xalq hayotining mazmuniga aylanib, turmushi farovon bo’lsin, adolat kimning sifati bo’lsa, u yaxshi insondir, mamlakatda adolat ustun bo’lsa, adolat bilan mamlakat mustahkam bo’ladi.

Alisher Navoiy adolat, diyonat va insof kabi yuksak qadriyatlarni o’z asarlarida -targ’ib qilish bilangina cheklanmagan, balki o’zining butun umri davomida adolat bilan ish ko’rgan. Bu haqda Navoiyga zamondosh bo’lgan ko’plab tarixnavislar o’z asarlarida ma’lumotlar berganlar. Xususan,

XV-XVI asrlarda yashab o’tgan mashhur tarixnavis o’iyosiddin Xondamir o’zining “Makorim ul-axloq”, ya’ni “Yaxshi xulqlar” asarida Alisher Navoiy haqida shunday deydi:

“Ul hidoyat va iqbol osmonining quyoshi bolalikdan katta bo’lguncha dunyodan yeng -silkigan, o’tkinchi dunyo moliga muhabbatning zarrasini ham etagiga yuqtirmagan, -talabgor nafsni qiyin va chidab bo’lmaydigan ishlarni bajarishga ma’mur qilgan, havoyu havas oti jilovini riyozat bilagining kuchi bilan tortib turgan... Mamlakat jilovi Sulton Husayn Boyqaroning qo’liga o’tgandan keyin, ul zotning ota-bobolari bu podshoh yaqinlari jumlasidan bo’lganliklari uchun, ul hazratni nazarlari ostiga olib, oliy mansablarni qabul qilish va davlatni idora qilish ishlariga taklif qildi. Hidoyat yo’lidagi Amir Alisherning sharif xotiri faqr va fano yo’lini ushlashga moyil bo’lganligidan, harchand bu kabi mashg’ulotga kirishishdan bosh tortsa ham, Sultoni sohibqiron qattiq qistashni orttira berdi va “Dunyo ishini tartibga solish va davlat ishini bajarish sening ra’yingga qaratib qo’yilgan. Sening qarorsiz qalamingdan mamlakat barqaror bo’ladi”, degan so’zlarni aytdi. Navoiy amirlik taxtini va hukumat masnadini o’zining muborak qadami bilan ziynatladi va jabru jafoga chek qo’yib, adolat va insof eshiklarini insoniyat yuziga ochib qo’ydi.

Bir kuni Amir Alisher Fasihiddin Sohib bilan shaxmat o’ynamoqda edi. Shu paytda Amir Burhoniddin Atoullo kirib keldi. Navoiy ko’ngil so’rash yo’li bilan, qayerdan tashrif buyurdilar va nima ishlari bor, deb so’radi.

U har kuni shahardan Ixlosiya madrasasiga qatnashdan qutulish uchun uning atrofidan uch ming dinorga hovli olmoqchi bo’lganini, biroq bir amaldor o’rtaga tushib, ustiga bir oz qo’shganini, sotuvchi esa joyni unga sotmoqchi ekanligini va Navoiyning -mulozimlari unga hovlini sotib olishdan voz kechishi va Atoulloga qoldirishi to’g’risida bir qog’oz yozib berishlarini so’raydi.

Alisher bu so’zlarga javob bermay, shaxmat o’ynashni davom ettirdi. Arzga kelgan kishi tashvishlanib, bu iltimosim oliyhazrat ko’ngliga og’ir tushdi, deb gumon qildi. Shaxmat o’yini tamom bo’lgach, Navoiy u zotga xitob qilib, “Agar faqir maydoni keng, imorati ko’p, havosi go’zal va suvi shirin, madrasaga yaqin hovlini sizga tortiq qilsa munosibroq bo’ladimi yoki o’sha o’zingiz aytgan hovlini olib berishga harakat qilinsinmi?” dedi. U janob bu so’zni eshitib xursand bo’lib ketdi.

O’sha vaqtlarda ulug’ martabali Mavlono Muhammad Muinning hovlisi Amir Alisher devoniga taalluqdor bo’lgan edi. Haqiqatan, ko’ngil ochar va xushhavo bir joy edi, o’sha joyni u janobga in’om qilib, maqsadini hosil qildi.

Demak, Navoiy adolatparvarlikni faol targ’ib qilish bilan bir qatorda, o’zlarining adolatpeshaliklari bilan ham boshqalarga o’rnak bo’lgan ekan.

Biz yashayotgan yurt kelajagi, xalqimizning farovon turmush kechirishi, tinchlik va osudalikni saqlash maqsadida bugun jamiyat hayotining barcha sohasida adolat qaror topmoqda. Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davlat idoralarining xalqqa xizmat qilishi lozimligini har doim ta’kidlab, bu borada amaliy tashabbus ko’rsatmoqda. Bunday xayrli harakatlar fuqarolarimizni qonunlarga itoat etish, mas’ul rahbarlar, davlat xizmatchilarining qonunlar ijrosini ta’minlash borasida faol bo’lishlarini talab qiladi. Zero, adolat qonun ustuvorligidadir. Eng muhimi, mazkur masalada kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarimizga, avvalo, o’zimiz o’rnak bo’lmog’imiz lozim, toki ular adolatning, albatta, tantana qilishini, undan o’zlari va o’zgalar uchun mislsiz manfaat hamda foyda hosil bo’lishini yodda tutib, Navoiyning ushbu so’zlarini -dillariga tugishlari ayni muddaodir:

Adl ila olam yuzini obod qil,
Xulq ila olam elini shod qil.

Muhibbek RUSTAMOV,
filologiya fanlari nomzodi.