Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XUSUSIY MULK DAVLAT HIMOYASIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XUSUSIY MULK DAVLAT HIMOYASIDA

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va
davlat himoyasidadir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 53-moddasidan.

O‘zbekiston yer yuzidagi eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar orasida beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakatimizda so‘nggi o‘n bir yil davomida yalpi ichki mahsulotning o‘sish hajmi 8 foizdan yuqorini tashkil qilmoqda. Bu Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xususiy mulkning huquqiy himoyasi izchillik bilan ta’minlanayotgani, tadbirkorlikka keng imkoniyatlar berilayotgani natijasidir. Qabul qilinayotgan qonun hujjatlari biznes vakillari yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarga barham berayotir.

O‘zA muxbirining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bosh boshqarmasi tarkibidagi Inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ikrom ISKANOV bilan suhbati xususiy tadbirkorlar huquq va manfaatlari himoyasiga oid qonunchilik va uning ijrosi xususida bo‘ldi.

– Mamlakatimizda har qaysi xususiy mulkdorning qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimi yaratilgan, – deydi I.Iskanov. – Davlatimiz rahbari tomonidan shu yo‘nalishda belgilab berilgan vazifalarning hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgani bunga keng yo‘l ochmoqda.

Davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Tadbirkorlarimiz ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko‘paytirish yo‘lida samarali faoliyat yuritayotir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56 foizga yetgani, ish bilan band aholining salmoqli qismi ushbu sohada mehnat qilayotgani buning yaqqol isbotidir.

Bunda xususiy mulk mavqeini oshirish va uni himoya qilish, ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan qonun va qonunosti hujjatlarining qabul qilinayotgani muhim omil bo‘lmoqda. O‘zbekiston Rsepublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlari shular jumlasidandir.

Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada yangi bosqichni boshlab berdi. Farmonda iqtisodiyotda xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishga oid choralar belgilab berilgan.

Mazkur farmon bilan Bosh prokuraturaga tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikning qat’iy ijro etilishida qabul qilingan normalarni amaliyotga joriy etish ustidan nazoratni kuchaytirish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun vakolatli nazorat, huquqni muhofaza qilish va davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlash vazifalari yuklatildi.

Farmon xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyati yanada erkin rivojlanishini, tadbirkorlik subyektlari huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini yanada mustahkamladi.

Shu asosda qabul qilingan 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni tadbirkorlarga juda keng imkoniyatlar yaratdi. Unga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining deyarli barcha jihatlariga daxl qiladigan qirqdan ortiq qonunchilik hujjatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Tadbirkorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik va noqonuniy aralashganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi yanada kuchaytirildi.

– Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida prokuratura organlari qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

– Qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat olib borilmoqda. Nazorat tadbirlarida joylardagi davlat boshqaruvi organlari, arxitektura va qurilish, yer resurslari va kadastr xizmati, soliq idoralari hamda mahalliy hokimliklar tomonidan tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklariga daxl qilish holatlari aniqlanmoqda. Ular tomonidan turli byurokratik to‘siqlar yaratish, tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashish kabi holatlarga ham yo‘l qo‘yilgan.

Joriy yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 8,2 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektining huquqlari buzilgani ma’lum bo‘ldi.

Tahlillar ko‘plab holatlarda tadbirkorlardan ortiqcha yig‘im, hisobot va ma’lumotlar talab qilingani, murojaatlar qonunda belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmagani, tadbirkorlar manfaatlarini poymol qiluvchi qarorlar qabul qilingani, kichik biznes vakillari faoliyatiga noqonuniy aralashilgani, ularganoqonuniy topshiriq berilgani, tekshirish o‘tkazish muddati buzilganini ko‘rsatdi. Ularning aksariyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari, mahalliy hokimliklar, soliq, yer resurslari va davlat kadastr xizmati, arxitektura va qurilish, bank muassasalari, elektr tarmoqlari, gaz, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan.

Nazorat tadbirlari doirasida tegishli idora va tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan prokuror nazorati hujjatlari asosida 705 nafar shaxs intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortildi,11,6 milliard so‘m mablag‘ni undirish yuzasidan sudlarga arizalar kiritilib, 5,6 mingdan ziyod tadbirkorning buzilgan huquqi tiklandi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini qo‘pol ravishda buzish holatlari bo‘yicha 71 jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

– Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarga prokuratura organlari tomonidan bevosita ko‘mak berish yaxshi an’anaga aylangan. Bu borada qilingan ishlarga to‘xtalib o‘tsangiz.

– Tadbirkorlik azaldan xalqimizga xos xususiyatlardan biri. Aholi orasida ishbilarmonlar ko‘pligi, tadbirkorlar safi yildan-yilga ko‘payib borayotgani ham buni tasdiqlaydi. Ammo ayrim fuqarolar ba’zan qonun-qoidalarni yaxshi bilmasligi tufayli noqonuniy ravishda faoliyat boshlaydi. Bunday hollarda ularning faoliyatini qonuniylashtirishga ko‘maklashish foydadan holi bo‘lmaydi.

Prokuratura organlari tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan 15,2 mingdan ortiq fuqaroga yordam ko‘rsatildi. Ularning yarmiga yaqini prokuratura organlari ko‘magida davlat ro‘yxatiga olindi. Tadbirkorlarga ruxsatnomalar berilishida, kredit, yer maydoni ajratilishida, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishida, binolarni ijaraga berishda, xomashyo resurslari xarid qilish kabi masalalarda yordam ko‘rsatildi. Natijada yangi tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishi tufayli 13 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Misol uchun, fuqaro Q.Hamroyevning tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun yer uchastkasi va kredit ajratilishida yordam ko‘rsatishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. Ko‘rilgan choralar tufayli ungaavtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish binosi qurish uchun Shofirkon tumani hokimining qarori asosida 200 kvadrat metr yer uchastkasi ajratilib, qurilish materiallari sotib olish uchun “Milliybank”ning tuman filialidan 22 million so‘m kredit mablag‘i berildi.

Faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash, sabablarini tahlil qilish, faoliyatini yurgizish orqali yo‘qotilgan ish o‘rinlarini tiklash ham doimiy e’tiborda. Bu yo‘nalishda adliya, soliq, statistika, xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari, Savdo-sanoat palatasi, banklar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda ishchi guruhlar faoliyat yuritmoqda.

Mazkur guruhlar tomonidan keyingi to‘rt oyda ikki mingdan ziyod uchrashuv o‘tkazilib, ko‘rilgan choralar natijasida besh mingdan ortiq tadbirkorlik subyektining faoliyati qayta tiklandi.

– Prezidentimiz farmonida tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni zudlik bilan hal etish maqsadida ularning murojaatlarini uzluksiz qabul qilish tizimini joriy etish vazifasi qo‘yilgan. Shu haqda ham to‘xtalsangiz.

– Bosh prokuraturada davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishiga doir masalalar bo‘yicha murojaatlarni kunu tun uzluksiz qabul qilish tizimi joriy etilgani tadbirkorlik faoliyati huquq va kafolatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirdi.

2015-yil 1-iyuldan boshlab farmonga muvofiq ishlayotgan 1007 raqamli “Ishonch telefoni”ga yetti mingdan ortiq murojaat bo‘ldi. Jiddiy qonunbuzilish holatlari yuzasidan 85 jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1,5 mingga yaqin shaxsning buzilgan huquqi tiklandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 1,3 milliard so‘m ish haqi, pensiya, nafaqa va omonat pullari to‘landi. 190 million so‘mdan ziyod aliment va boshqa qarzdorlik undirildi. Tadbirkorlarga 2 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘i ajratilishi ta’minlandi.

Misol uchun, “Elsevar-Diyor” fermer xo‘jaligi rahbari G.Mustafoyeva “Xalq banki”ning Jizzax tumani filialiga zarur hujjatlarni taqdim etgan bo‘lishiga qaramay, unga hisobraqami ochib berilmagan. Fermerning bu to‘g‘ridagi murojaati prokuraturada qonuniy asosda ko‘rib chiqildi va uning muammosi hal etildi. Bu masalada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan bank filiali boshqaruvchisi O.Abdurahmonovga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda tezkorlik va axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida “Ishonch telefoni” markazini boshqa davlat idoralari elektron tizimlari bilan bog‘lash choralari ko‘rildi. Hozir bu tizim orqali 19 vazirlik, qo‘mita va boshqa tashkilotlarga murojaatlar yuborilib, endilikda bu jarayon bir necha soniyada amalga oshirilayotir. Shu bilan birga, murojaatlarning qonuniy ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralar vakolatlariga taalluqli bo‘lgan murojaatlar nazoratga olingan.

Tadbirkorlarning manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoyalash borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, joylarda qonun ustuvorligini ta’minlash xalqimiz manfaatlari va farovonligiga xizmat qiladi. Zero, tadbirkorlik iqtisodiyotimizning harakatlantiruvchi kuchlaridan, farovon hayotimizning mustahkam tayanchlaridan biridir.

O‘zA