XUSUSIY SEKTOR — IQTISODIYOT TAYANCHI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Andijon shahrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan anjuman xususiy mulk, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashning dolzarb masalalariga bag’ishlandi.
Unda senatorlar, xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatlari va doimiy komissiyalar rahbarlari, mahalliy hokimiyat, prokuratura, soliq organlari, bank-moliya muassasalari, NNT hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, tadbirkorlar qatnashdi.
Ta’kidlanganidek, yurtimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini mustahkamlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining erkin hamda samarali faoliyat yuritishini kafolatlash choralari izchillik kasb etmoqda. Xususan, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, xususiy sektor himoyasi tobora takomillashib borayotir. So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi kabi o’n beshdan ortiq qonunlari qabul qilindi.
Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotimizdagi roli hamda o’rnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo’lidagi to’siq va cheklovlarga barham berish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Mazkur hujjatga ko’ra, aniq maqsadga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturi ro’yobga chiqarilmoqda. Xususan, qator qonun hujjatlariga xususiy mulk hamda xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularni tashkil etish hamda faoliyatini yo’lga qo’yish tartibini yanada soddalashtirish, ma’muriy va jinoyat to’g’risidagi qonun hujjatlarini liberallashtirish hisobidan tadbirkorlikka keng erkinlik berishga qaratilgan o’zgartish hamda qo’shimchalar kiritildi.
Ishtirokchilar keng ko’lamli islohotlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotimiz rivojidagi o’rni yuksalib borayotganini qayd etdi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida mazkur sektor ulushi 5,7 foiz o’sdi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda, sanoat hamda xizmatlar ko’rsatish sohasida, chakana tovar aylanmasida tadbirkorlik sub’yektlari hissasi sezilarli darajada oshmoqda. Xususan, Andijon viloyatida yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik biznesning ulushi 58 foizni, aholi bandligini ta’minlashda 84 foizni tashkil qildi.
Tadbirda xususiy sektorni qo’llab-quvvatlash borasida erishilayotgan natijalar bilan bir qatorda, yechimini kutayotgan dolzarb masalalarga ham e’tibor qaratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, mamlakat iqtisodiyotiga mahalliy hamda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun yanada qulay shart-sharoit yaratish va huquqiy amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar bildirildi.
"Jahon" AA