XXR ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 26-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida 20-23-oktabr kunlari Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo mamlakatlar Milliy koordinatorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi va O‘zbekiston delegatsiyasining XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chen Gopin bilan uchrashuvi nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning joriy masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.