Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YAGONA DAVLAT REGISTRI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISH KIRITILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YAGONA DAVLAT REGISTRI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISH KIRITILDI

2015 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 179-sonli qarori qabul qilindi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi.

Ushbu qaror belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini kengaytirish maqsadida qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 sentabrdagi 274-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Nizomning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:

16. Quyidagilar:

yuridik shaxslarni – tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining «a» kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda, ushbu Nizom 8-bandining «b» – «e» kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar;

yuridik shaxslarni – davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizom 8-bandining «a» – «e» kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar.

Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar davlat statistika organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi».

Nizomning 17-banddagi «pochta manzillari» so‘zlaridan keyin «telefon raqamlari, yuridik shaxslarning muassislari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tartib raqami va sanasi (ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) to‘g‘risidagi ma’lumotlari» so‘zlari qo‘shildi.

“Jahon” AA