Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“YAGONA MILLIY MEHNAT TIZIMI” IDORALARARO DASTURIY-APPARAT KOMPLEKSINI JORIY QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“YAGONA MILLIY MEHNAT TIZIMI” IDORALARARO DASTURIY-APPARAT KOMPLEKSINI JORIY QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan, maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish, aholi murojaatlarini koʻrib chiqish jarayonlarining shaffofligi va optimallashuvini taʼminlash, faol tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, shuningdek, investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan davlat xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot yutuqlarining imkoniyatlari toʻla roʻyobga chiqarilmayotgan qator sohalar saqlanib qolmoqda. Xususan, ijtimoiy-mehnat sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari yetarli darajada faol qoʻllanilmayapti. Hozirga qadar tashkilotlarda kadrlar boʻyicha ish yuritish asosan qogʻoz shaklida amalga oshirilmoqda, bu esa xodimning, ayniqsa, pensiya taʼminoti huquqlarini rasmiylashtirishda mehnat staji aniq hisoblanishini murakkablashtiradi, shuningdek, aholi bandligi haqidagi maʼlumotlarning notoʻgʻri koʻrsatilishiga sharoit yaratadi va maʼmuriy boshqaruv xarajatlarini koʻpaytiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish va ularning mehnat stajini hisoblash mexanizmini takomillashtirish, ijtimoiy-mehnat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 1-yanvardan quyidagilarni taʼminlovchi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (keyingi oʻrinlarda – “YAMMT” IDAK) joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:

ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ularni tugatish tartib-taomillarini elektron roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish;

ish beruvchilarning tuzilmasi (shtatlar jadvali), shu jumladan, mavjud va yaratiladigan ish oʻrinlari, mehnat sharoitlari, mehnatga haq toʻlash shartlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

xodimning mehnat stajini hisoblash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, hisoblangan ish haqi va jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash koʻrinishidagi daromadlariga hisoblangan soliqlar, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya jamgʻarmasi hisobiga toʻlovlar haqidagi axborotga asoslangan elektron mehnat daftarchasida jismoniy shaxslarning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va yuritish;

aholi bandligini taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini va uning samaradorligini oshirish uchun mehnat bozori koʻrsatkichlari holati va dinamikasi toʻgʻrisidagi axborotlardan iborat maʼlumotlarni idoralararo tizimlashtirilgan tarzda va muntazam ravishda elektron almashishni joriy etish;

xodimlar hamda ishchilarning son va sifat tarkibi, vakansiyalar, shuningdek, ishga joylashish uchun nomzodlarga ish beruvchilar tomonidan qoʻyiladigan malakaviy va boshqa talablar toʻgʻrisida avtomatik tarzda toʻplanadigan xolis, shaffof va dolzarb maʼlumotlarni shakllantirish;

manfaatdor tashkilotlarga ular oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishi uchun “YAMMT” IDAKdan zaruriy maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etish;

mehnat resurslarining, xususan, mehnat resurslari toifalari, ishga layoqatli, iqtisodiy faol va nofaol aholi qatlamlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlari asosida pensiya yoshidagi ishlayotgan shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida har kuni yangilanadigan balansini shakllantirish;

mehnat munosabatlari va mehnat muhofazasi, ishga joylashtirish dasturlari boʻyicha oʻtkaziladigan tekshiruvlar, shuningdek, ish oʻrinlarining attestatsiyasi, Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga tegishli maʼlumotlarning (axborotlarning) toʻliq kiritilishiniekspertizadan oʻtkazish natijalarini monitoring qilish;

xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketadigan fuqarolarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish, tashkiliy tartibdagi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi kelishuvga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe tomonidan xorijda ishga joylashtirilgan fuqarolar haqida maʼlumotlar bazasini yaratish, shuningdek, ishga joylashtirilayotgan mamlakatda boʻlish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va yashash-turmush taʼminoti, chet ellik ish beruvchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarining huquqiy jihatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida onlayn tartibda maʼlumotlar taqdim etish imkoniyati;

mehnat bozorining, hududlar, jins va yosh omillari, sohalar va mutaxassisliklar kesimida ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklifning rivojlanish tendensiyalari prognozini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan axborot resurslari bilan integratsiyalash;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga mehnat va aholi bandligi sohalarida davlat boshqaruvi boʻyicha yuklatilgan funksiyalarni toʻla hajmda va tezkorlik bilan amalga oshirish.

2. “YAMMT” IDAK uchun real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kirish imkoniyati taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining hamda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali idoralararo elektron aloqa vositasida amalga oshiriladigan almashuv maʼlumotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

a) 2020-yil 1-yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “YAMMT” IDAKda majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy etiladi. Bunda 2020-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020-yil 1-sentyabrdan kechiktirmasdan “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Mehnat shartnomalarini “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;

b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab, roʻyxatdan oʻtkaziladigan mehnat shartnomalaridagi maʼlumotlar asosida “YAMMT” IDAKda avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etiladi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “YAMMT” IDAKning balansda saqlovchisi hisoblanadi;

g) “YAMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepul hisoblanadi. “YAMMT” IDAKni ishlab chiqish, kuzatib borish, taʼminlash va takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi) hisobidan amalga oshiriladi.

4. Xodimning mehnat staji, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq pensiya tayinlashda xodim tomonidan amalga oshiriladigan mehnat faoliyati davriga asosan:

2020-yil 1-yanvardan soʻng – “YAMMT” IDAKda mavjud maʼlumotlar asosida (qonun hujjatlarida belgilangan alohida hollardan tashqari);

2020-yil 1-yanvarga qadar – “YAMMT” IDAK joriy qilingungacha oʻrnatilgan tartibda belgilansin.

5. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (“YAMMT” IDAK) joriy qilish va undan foydalanish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda – Idoralararo ishchi guruhi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Quyidagilar Idoralararo ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:

“YAMMT” IDAKni ishlab chiqish, joriy qilish, foydalanish va rivojlantirish boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatini hamda uning “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvini muvofiqlashtirish;

“YAMMT” IDAKni rivojlantirish va takomillashtirish, mehnat munosabatlari subyektlarining axborot ehtiyojlarini qondirish maqsadida “YAMMT” IDAK orqali koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni elektron shaklga yanada kengroq oʻtkazish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan, “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “YAMMT” IDAKni boshqarish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Direksiya) tashkil etilsin.

8. Direksiya zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:

ish beruvchilar tomonidan mehnat shartnomalarining oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini monitoring qilish, mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishda ish beruvchilar va xodimlarga texnik yordam koʻrsatish, shu jumladan, tegishli maʼlumotlarni kiritish va olish uchun zarur apparat vositalarini taqdim etish;

“YAMMT” IDAKni qoʻllash, elektron mehnat daftarchasini shakllantirish va joriy qilish, xodimning mehnat staji toʻgʻri hisoblanishini taʼminlash jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha ish beruvchilarga texnik va axborot koʻmagini taqdim qilish, shuningdek, “YAMMT” IDAK foydalanuvchisi hisoblangan fuqarolarga axborot koʻmagini koʻrsatish;

“Elektron hukumat” tizimiga kiruvchi axborot tizimlari bilan “YAMMT” IDAK maʼlumotlarini almashish masalalari boʻyicha idoralararo hamkorlikni tashkillashtirish;

“YAMMT” IDAKdan samarali va ishonchli foydalanish, ish beruvchilar va xodimlar shaxsiy maʼlumotlarining axborot xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash;

joriy etilayotgan mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibini tushuntirib beruvchi, “YAMMT” IDAKni rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari haqida materiallar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida chop etish, teleradiokanallarda maxsus telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil qilish.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

har yili Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasining xarajatlar smetasida “YAMMT” IDAKni taʼminlash, rivojlantirish, takomillashtirish, samarali ishlab turishi va axborot xavfsizligini taʼminlash uchun mablagʻlarni nazarda tutsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKning ishlab chiqilayotgan Davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimi bilan integratsiyalashtirishni nazarda tutsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKni soliq xizmati organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirish orqali xodimlarning mehnat faoliyati toʻgʻrisida “YAMMT” IDAKda aks etuvchi maʼlumotlarning hisoblangan ish haqini shaxsiy hisobga olish markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlari bilan toʻgʻri kelishini talabnoma asosida tekshirishni (verifikatsiyalashni) doimiy asosda taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi va respublikadagi oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlar, ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasasidan olingan oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida guvohnomalar berilgan jismoniy shaxslarning elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirsin va uni “YAMMT” IDAK bilan integratsiyalashtirishni taʼminlasin.

11. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi tayyorlangan, taqsimlangan, buzilgan va berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlar, ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasasidan olingan oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida guvohnomalar blanklari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga muntazam ravishda kiritib boradi, diplom olgan jismoniy shaxsga berilgan blank uning shaxsiy identifikatsiya raqamiga biriktirib qoʻyiladi.

12. Belgilab qoʻyilsinki, mehnat shartnomalarini, amaldagi mehnat shartnomalariga oʻzgartirishlarni, ularning tugatilishini “YAMMT” IDAKda oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, elektron mehnat daftarchasini shakllantirish uchun masʼuliyat ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining jismoniy shaxslarga ixtiyoriy ravishda oʻtgan davrdagi ishga joylashganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mustaqil tarzda “YAMMT” IDAKga kiritish huquqini berish, bunda jismoniy shaxslar ixtiyoriy ravishda kiritgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi organlari tomonidan majburiy verifikatsiyalanishini (tasdiqlanishini) nazarda tutish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.

14. Ish beruvchilar va jismoniy shaxslarni toʻliq qamrab olgan holda “YAMMT” IDAKni joriy etishni samarali muvofiqlashtirish maqsadida:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati Mehnat standartlari va mehnatga haq toʻlash boshqarmasi boshqaruv xodimlarining shtatlari soni 16 nafarga oshirilsin;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 84 nafardan iborat boʻlgan mehnat standartlari va mehnatga haq toʻlash boʻlimlari tashkil etilsin.

Belgilansinki, yuqorida koʻrsatilgan umumiy soni 100 nafardan iborat boshqaruv xodimlari shtatlari tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlaridagi kasbiy qayta oʻqitishni tashkil etish shoʻbasi mutaxassislari lavozimini 0,5 stavkaga qisqartirish hisobiga kiritiladi.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining ishlab chiqilayotgan yangi tahriri loyihasida mazkur qarorda keltirilgan meʼyorlarni nazarda tutsin;

bir oy muddatda Direksiyaning taʼsis hujjatlari va tuzilmasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;

uch oy muddatda Direksiyani, shu jumladan, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va chet eldagi yetakchi taʼlim muassasalarini tamomlagan respublikamiz fuqarolari orasidan bilim va koʻnikmaga ega professional mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga quyidagi huquqlar berilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda, Direksiya tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish va xodimlarning cheklangan umumiy sonini belgilash, shu jumladan, zarur hollarda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;

mehnat bozoridagi haqiqiy holatni hisobga olgan holda Mehnat organlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash jamgʻarmasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga shartnoma asosida tor doiradagi mutaxassislarni Direksiyada ishlash uchun jalb etish.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda mazkur qaror talablarini hisobga olgan holda “YAMMT” IDAKni joriy qilish va uning keyinchalik samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini;

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni;

ikki oy muddatda “YAMMT” IDAK tizimida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazmaganlik va elektron mehnat daftarchasiga maʼlumotlar kiritmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

18. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKdan foydalangan holda mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va mehnat stajining hisobini elektron shaklda yuritish tartibi va joriy qilinayotgan mexanizmlarning afzalliklarini aholi va ish beruvchilar oʻrtasida muntazam ravishda va har tomonlama yoritishni taʼminlasin.

19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D.Kudbiyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 31-oktyabr