“YAGONA OYNA” XIZMATI BANDLIKKA KO’MAKLASHMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Butunjahon banki bilan hamkorligi doirasida aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish davlat xizmatini olib borishga qaratilgan integratsiyalashgan ofislar tashkil etish loyihasini amalga oshirishni boshladi.
2015-2016-yillar davomida poytaxtimizda va Sirdaryo viloyatida bu kabi ofislarni barpo etish rejalashtirilmoqda. Mazkur ofislar “Yagona oyna” xizmati asosida ish olib boradi. Mutaxassislar axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda mazkur xizmat orqali aholi bandligini ta’minlashga ko’maklashish va ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha xizmat ko’rsatadi. Yaqin kelajakda bu singari ofislar soni ko’paytirilishi ko’zda tutilgan bo’lib, yurtimiz aholisi bir joyda turib ushbu yo’nalishdagi masalani hal eta olish imkoniga ega bo’ladi.
“Jahon” AA