"YAGONASAN, MUQADDAS VATAN!”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida "Yagonasan, muqaddas Vatan! ” ko‘rik-tanlovining Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida Respublika saralash bosqichi o‘tkazildi.
Vazirlik tizimida respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilgan "Yagonasan, muqaddas Vatan! ” respublika ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlarida jami 3107 ta yakkaxon ishtirokchilar, 30 tadan ortiq ansambl va jamoalar ishtirok etishdi.
Ular ichidan saralab olingan 455 ta yakkaxon ijrochilar va 4 ta jamoa ikkinchi bosqichda o‘zaro bellashdilar.
Hududiy bosqichlarda saralangan 64 ta yakkaxon ijrochilar, Andijon viloyati "Oltin soz”, Namangan viloyati "Tarona” ashula va raqs ansambllari hamda Navoiy viloyati "Fontera” VIA, Farg‘ona viloyati "Qo‘shiqchi yigitlar” guruhlari Respublika bosqichida san’atlarini yana bir karra namoyish etishdi.
Vatan, Ona tuproq, tinchlik va farovonlikni madh etuvchi yangi, diltortar taronalar ijrochilari Dehqonov Hamroz (Toshkent viloyati), "Qo‘shiqchi yigitlar" guruhi (Farg‘ona viloyati), Farhod va Shirin dueti (Toshkent shahri) tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, Hakamlar xay’atining xulosasiga ko‘ra,ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga to‘rt nafardan ishtirokchilar loyiq deb topildilar. g‘olib va sovrindorlarga diplom va Faxriy yorliqlari topshirildi.
Tanlovni yuqori saviyada tashkil etilishida munosib hissalarini qo‘shgan Hakamlar hay’ati a’zolariga Madaniyat va sport ishlari vazirligining Tashakkurnomalari berildi.
Manba: Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati.
“Jahon” AA