YANA BIR ATLETIMIZ OLIMPIADA YO‘LLANMASI SOHIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bobur Shokirjonov kelasi yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilgan mamlakat ochiq kubogi musobaqasida ishtirok etgan Bobur Shokirjonov nayza uloqtirishda 84,24 metr natija qayd etib, belgilangan me’yorni ortig‘i bilan bajardi.
Ayni paytda XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan yengil atletikachilarimiz beshtaga yetdi. Ungacha marafonchilar Sitora Hamidova va Marina Xmelevskaya, balandlikka sakrash ustasi Svetlana Radzivil, bosqon uloqtirishda Suhrob Xo‘jayev Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
O‘zA