YANA BIR YO‘LLANMA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xitoyning Syamin shahrida tashkil etilgan xalqaro marafonda hamyurtimiz Andrey Petrov muvaffaqiyatli qatnashib, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Yigirma yetti mingdan ziyod sportchi ishtirokida o‘tkazilgan marafonda Andrey marrani 2 soatu 17 daqiqa 48 soniyada bosib o‘tdi va Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi me’yorni bajardi.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, yengil atletikachilarimiz XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga sakkizinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Bugungi kunga kelib “Rio – 2016” o‘yinlariga litsenziyalarimiz soni 51 taga yetdi. Shundan 24 tasi paralimpiyachilarimizga tegishli.
O‘zA