Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YANGI BINOLARDA ZAMONAVIY SHAROIT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YANGI BINOLARDA ZAMONAVIY SHAROIT

Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligi arafasida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi va davlat notarial idorasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholiga yuqori sifatli yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, jamiyatda oila institutining o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Ushbu jarayonda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari hamda notarial idoralar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Pastdarg‘om tumanining Go‘zalkent qo‘rg‘onida joylashgan 2-fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi va 4-davlat notarial idorasi uchun bunyod etilgan mazkur binoda nikohni qayd etish hamda boshqa yuridik xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Toshniyozov. – Bu yerda xodimlar uchun alohida xonalar, marosimlar o‘tkazish zali, hujjatlarni saqlash uchun maxsus xona tashkil etilgan. Aholining vaqtini tejash va ularga qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalaniladi.

Shu kuni yangi binoda tumanning Ilm mahallasida yashovchi Abror Ibrohimov va Dildora Narzullayevaning nikohi qayd etildi, ularga nikoh guvohnomasi bilan birga esdalik sovg‘alari topshirildi.

– Yangi binoda nikohdan o‘tgan birinchi oila ekanimizdan xursandmiz, – deydi A.Ibrohimov. – Oila sari ilk qadamimiz ushbu muhtasham, ko‘rkam binodan boshlanishi turmushimizning ham chiroyli bo‘lishidan dalolat beradi. Ushbu bino mustaqillik bayrami arafasida ajoyib tuhfa bo‘ldi.

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida 630 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, bunyod etilgan Samarqand shahridagi 2-davlat notarial idorasi yangi binosi ham foydalanishga topshirildi.

O’zA