YANGI ISTE’DODLAR KASHF ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida «Kuyla, yoshligim!» estrada-vokal tanlovining mamlakat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Yoshlar madaniyat va san’at markazi hamda «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tanlovda ishtirokchilarning san’at sohasidagi bilim va iste’dodi sinovdan o‘tkazildi.
Mamlakatimizda milliy musiqa san’atimizni rivojlantirish, mazkur sohaga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularda yangi-yangi iste’dod egalarini tarbiyalash va har tomonlama rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.
Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya, madaniyat va san’at sohalaridagi keng qamrovli islohotlar, muntazam o‘tkazilayotgan ijodiy festivallar va ko‘rik-tanlovlar musiqa san’ati yo‘lida izlanayotgan iste’dodlarni aniqlash, milliy va jahon musiqasining nodir namunalaridan xalqimizni bahramand etish, yoshlarimiz qalbi va ongida ezgulik, vatanparvarlik, istiqlolga sadoqat g‘oyalarini mustahkam qaror toptirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Mazkur ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan maqsad navqiron avlodni milliy va jahon musiqasining eng nodir namunalaridan bahramand etish, ularning san’atga bo‘lgan mehrini oshirish, qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat.
Tanlovning mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yuzga yaqin yigit-qiz ishtirok etdi. Yakunda o‘n besh iste’dod sohibi o‘zaro bahslashdi.
– Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda biz, yoshlarning iste’dod va qobiliyatimizni to‘liq namoyon etishimiz uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, – deydi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi Dilso‘z Zohidova. – Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikni o‘z sohamizda yuqori natijalarga erishish, hayotda munosib o‘rnimizni egallash orqali oqlashga harakat qilayotganimizdan mamnunmiz. Do‘stona ruhda o‘tgan mazkur tanlov ana shu maqsadlarga xizmat qiladi.
«Kuyla, yoshligim!» estrada-vokal tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Sulton Orazimbetov Gran-pri sohibi bo‘ldi. Toshkent shahridan Yorqinxo‘ja Umarov birinchi, Karina Gaziyens ikkinchi, Iroda Dashkinova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
– Bu kabi ijodiy loyihalar bizni yangi marralar sari ilhomlantiradi, – deydi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali talabasi S.Orazimbetov. – Mazkur tanlovda ishtirok etish jarayonida mamlakatimizning iste’dodlarga naqadar boyligiga, tengdoshlarimning san’at sohasidagi bilim va salohiyati yuqoriligiga guvoh bo‘ldik. Kelgusida muntazam ishlashim, yanada ko‘proq izlanishim kerakligini angladim.
Tanlov tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga diplomlar topshirildi. San’at ustalari va ijodkor yoshlar ishtirokida konsert namoyish etildi.
O‘zA