YANGI KORXONA ISH BOSHLADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Jizzax” maxsus industrial zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan “Ekoklimat” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida issiqlik o‘tkazmaydigan shisha tolali materiallar ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etilgan sanoat hududida ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar ko‘paymoqda.
Loyiha qiymati 7 million dollar bo‘lgan mazkur korxona yiliga 10 ming tonna yoki 24 milliard so‘mlikdan ortiq import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarning asosiy qismini eksportga yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda.
Korxonada yaratilgan 100 yangi ish o‘rnining aksariyatini kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislar band etdi.
– Mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalib, zamonaviy korxonalar barpo etilayotgani ayniqsa biz, yoshlarni ish bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejini shu yil bitirgan Doniyor Qurbonov. – Birinchi Prezidentimiz farmoni bilan viloyatimizda tashkil etilgan sanoat hududi jizzaxlik yoshlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Men va tengdoshlarim shunday zamonaviy korxonaga ishga kirganimizdan xursandmiz.
“Jizzax” maxsus industrial zonasi tashkil etilganidan buyon o‘tgan vaqtda hududda umumiy qiymati 44,1 million dollar bo‘lgan 13 korxona foydalanishga topshirildi. Joriy yilning o‘tgan davrida ular tomonidan 133 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 750 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. 770 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimi S.Ismoilov so‘zga chiqdi.
O’zA