Yangi loyihalar – ishlab chiqarishga
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nukusda o‘tkazilgan VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasida qator ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarining 200 ga yaqin ishlanmalari, innovatsion g‘oya va loyihalari namoyish etildi.
Davlatimiz rahbarining 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, innovatsion faoliyatni rivojlantirish va bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.
– Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ushbu yarmarkaning ahamiyati tobora ortib bormoqda, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sarvinoz Matkarimova. – 2012-2014-yillarda o‘tkazilgan yarmarkalarda 477 million so‘mlik shartnomalar tuzilib, istiqbolli g‘oyalar, ishlanma va loyihalar ishlab chiqarishga tatbiq etildi. Buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish sifati va samaradorligi oshib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Farg‘ona viloyati “Bio-servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan taqdim etilgan o‘simlik uchun makro va mikro elementlarga boy bioo‘g‘it ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. U ekinning o‘sish jarayonini 15-20 kunga tezlashtirish barobarida hosildorlikni 30-40 foizga oshiradi. Shuningdek, o‘simlikning noqulay sharoitlar, xususan, suv taqchilligi, havo haroratining pasayishi, tuproq tarkibining sho‘rlanishi kabi holatlarga moslashishiga yordam beradi.
Yarmarkada fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan innovatsion g‘oyalar, ishlanma va loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘plab shartnomalar imzolandi.