YANGI SEH ISHGA TUSHIRILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “To‘xtaniyoz ota” fermer xo‘jaligining yangi ma’muriy binosi va go‘shtni qayta ishlash sexi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali aholini ish bilan ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan kishilar uchun sharoitlar yetarli. Quvonarlisi, bugun mana shunday imkoniyatu imtiyozlardan unumli foydalanib, nainki o‘zining, yurtdoshlarimizning ham farovonligi yuksalishiga hissa qo‘shayotgan fermer-tadbirkorlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular orasida “To‘xtaniyoz ota” fermer xo‘jaligi ham bor.
Bo‘rdoqi mol boqish, parrandachilik va go‘shtni qayta ishlashga ixtisoslashgan mazkur xo‘jalik 2000-yilda faoliyatini boshlagan. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirish hamda ish yuritishning ilg‘or usullaridan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, fermerlik harakatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ularning emin-erkin ishlashi uchun yaratilayotgan qulayliklar mazkur xo‘jalikda ham o‘z samarasini ko‘rsatdi. O‘tgan 15-yil ichida ta’sischiyu ishchilarning manfaatdorligi bir necha marotaba oshdi. Ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnika va texnologiyalarning tatbiq etilishi natijasida mahsulot sifati yaxshilandi. Ishlab chiqarish quvvati kengaydi, hajmi ortdi, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.
– Istiqlol tufayli yulduzga qo‘l yetar zamon kelgani rost. Har holda bunga keyingi yillarda tez-tez guvoh bo‘layapman, – deydi “To‘xtaniyoz ota” fermer xo‘jaligi rahbari Muxtor To‘xtaniyozov. – O‘zimizdan qiyos, ko‘plab xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘ldik. 2004-2008-yillarda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan eng yaxshi kolbasa va go‘sht mahsuloti” sovrinini qo‘lga kiritdik. 2006-yili “Tashabbus” an’anaviy ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida “Yilning eng yaxshi fermeri” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topilib, Prezidentimiz sovrini – “Matiz” avtomobiliga ega bo‘ldik. Niyat va shunga yarasha harakat qilsang, e’tibor va sharoit bo‘lsa bas, hamma narsaga erishish mumkin ekan. Bulturgi daromadimiz, yetmaganiga tijorat bankining imtiyozli krediti hisobiga kuniga 10 tonnagacha go‘shtni qayta ishlash quvvatiga ega yangi sex va uning ma’muriy binosini qurdik. Natijada 40 yangi ish o‘rni yaratildi. Bu bilan xo‘jaligimiz a’zolarining soni 140 nafarga yetdi.
Ayni paytda bu yerda tayyorlanayotgan 100 dan ortiq turdagi kolbasa mahsulotlari korxonaning Chilonzor, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan oltita maxsus do‘koni va boshqa dillerlik bo‘limlari orqali mijozlarga yetkazib berilayotir.
O‘zA