YANGI SUG’URTA MAHSULOTLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

«Ishonch» Banklararo sug’urta kompaniyasi «To’lov terminallari va infokioskalarni sug’urtalash» ga qaratilgan yangi sug’urta mahsulotini ishlab chiqidi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Savdo nuqtalarida to’lov terminallari - bu avtonom dasturiy moslama bo’lib, u jismoniy shaxslarga to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Biroq, terminal va infokioskalarga uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari, masalan o’g’irliklari oqibatida yoki bo’lmasa turli avariya va boshqa sabablar tufayli ziyon yetishi mumkin. Shu munosabat bilan«IShONCh» BSK «To’lov terminallari va infokioskalarni sug’urtalash» nomli yangi sug’urta mahsulotini ishlab chiqdi.
Eslatib o’tamiz, yangi mahsulotning sug’urta summasi to’lov terminali va infokioskaning qiymatiga teng bo’ladi. Polisning amal qilish muddati 1 yilga teng. Agar sug’urta hodisasi ro’y beradigan bo’lsa, sug’urtalanuvchiga sug’urta summasi miqdorida sug’urta qoplamasi to’lab beriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur sug’urta mahsuloti “ Ishonch” BSK ning barcha viloyatlardagi hududiy bo’linmalarida mijozlarga taklif etiladi.
“Jahon” AA