Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YANGI TAHRIRDAGI BOJXONA KODEKSI IMKONIYATLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YANGI TAHRIRDAGI BOJXONA KODEKSI IMKONIYATLARI

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Bojxona kodeksini targ‘ib qilish va amaliyotda qo‘llashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda prokuratura, adliya, savdo-sanoat palatasi xodimlari, bojxona brokerlari, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari qatnashdi.

Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi E.Solihov va boshqalar yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi sohaga oid qonunosti hujjatlarining soni va doirasini qisqartirish, qonun normalarining sifatli bo‘lishiga erishish, ularni hayotga tatbiq etishning ishonchli mexanizmlarini yaratish imkoniyatini berganini ta’kidladi. Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan bojxona sohasiga oid 1,3 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat inventarizatsiyadan o‘tkazilib, qayta o‘rganib chiqildi. Natijada yigirmadan ortiq hujjatga tegishli o‘zgartishlar kiritildi, ba’zilari esa o‘z kuchini yo‘qotdi.

Kiritilgan o‘zgartishlar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun eksport-import bilan bog‘liq jarayonlarni yanada osonlashtirdi. Ichki bozorni sifatsiz va kontrabanda mahsulotlardan himoya qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining jahon bozoriga chiqishi uchun qo‘shimcha qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratdi.

– Boshqarma xodimlari tomonidan yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi talablari asosida qisqa muddatda samarali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi ta’minlanmoqda, – deydi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi huquqiy xizmat katta inspektori X.Erniyozov. – Buning natijasida viloyat hududidan qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni eksport qilish imkoniyati yanada kengaydi. Jumladan, joriy yilning sakkiz oyida 70 million 377 ming dollarga teng qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qilindi.

Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.

O’zA