YANGI TARIXNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va o‘qitishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari S.Otamurodov, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi A.Shodmonov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti B.Abduhalimov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tariximizni xolisona o‘rganish, o‘zligimizni anglash, farovon jamiyat barpo etish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 24-yilligi keng nishonlanadi. O‘tgan yillarda Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, rivojlangan demokratik davlatlar safidan munosib o‘rin egallash, xalqimiz turmush farovonligini oshirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Ushbu jarayonda bosib o‘tilgan og‘ir va mashaqqatli yillar tajribalarini tarixiy jihatdan chuqur o‘rganish, mukammal yoritish, bugungi va kelajak avlodlarga asl holicha yetkazish, o‘sib kelayotgan yoshlarimiz ongu shuurini tarix saboqlari, tarix haqiqati bilan boyitish muhim vazifadir.
Mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida eng yangi tariximiz izchil o‘qib-o‘rganilmoqda. Bu yo‘nalishda davlat ta’lim standartlari, darslik, dastur va o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan. Pedagoglarning malaka va mahoratini oshirish, ilm-fan yangiliklarini ta’lim jarayoniga uzviy ravishda tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2012-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, mustaqillik davri tarixini o‘rganishga oid ilmiy loyihalarni takomillashtirish, iste’dodli yosh olimlarni sohadagi izlanishlarga keng jalb etishda muhim dasturilamal bo‘layotir.
Mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazga asos solindi.
Anjumanda ta’lim tizimida eng yangi tariximizni o‘qitishni yanada takomillashtirish, bu jarayonda qo‘llanilayotgan davlat ta’lim standartlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalarning yangi avlodni yaratish, O‘zbekiston tarixi faniga ajratilgan dars soatlarini optimallashtirish, mustaqillik davri tarixining o‘ziga xos jihatlarini yoshlarga yetkazishda adabiyot, san’at, va milliy jurnalistika salohiyatidan keng foydalanish yuzasidan fikr almashildi.