YANGICHA FIKRLASH VA ISHLASH – DAVR TALABI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

"Farg‘ona: yangi marralar, yangicha fikrlash, yangicha yondashuv". Xalqaro press-klubning Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor anjumani shunday nomlandi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yangi bosqichda davom ettirishda yuksak samaralar bermoqda. Ayniqsa, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholi farovonligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev va viloyatning boshqa mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining viloyatdagi ijrosi, davlat va hududiy dasturlarning bajarilishi, hududda turizmni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Farg‘ona viloyatida joriy yilda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarishlarni yanada kengaytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqilib, ijrosi to‘liq ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturiga ko‘ra, viloyatdagi 14 yirik korxonada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil birinchi yarmida 41,6 milliard so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Keyingi yillarda shahar va tumanlarda ham hudud imkoniyatidan kelib chiqib, istiqbolli dasturlar hayotga tatbiq etilayotir. Masalan, Marg‘ilon shahridagi “Avtomobilist” xususiy korxonasida mevani qayta ishlash loyihasi foydalanishga topshirildi va yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Hududiy investitsiya dasturi doirasida 138 istiqbolli loyiha amalga oshirilmoqda. Albatta, bunda qishloq hududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, sanoat korxonalarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Viloyatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha rejalar belgilab olingan. Buning uchun hududda xalqaro moliya institutlari ishtirokida 54 loyiha amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida muayyan ishlar boshlab yuborilgan. 2017-yilda tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush tarzini yangi bosqichga olib chiqish va ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilgan. Belgilangan vazifa va topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Unda har bir hududning aholi soni va tarkibidan tortib, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa tarmoqlardagi ma’lumotlar, rejalar, muammolar o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, viloyatda tibbiyot va turizm sohalarida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Anjuman davomida ishtirokchilar yoshlar ta’lim-tarbiyasi, viloyatda turizmni rivojlantirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash, shahar va tumanlardagi dasturlar ijrosi haqida o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi. Hududlardagi ba’zi muammolarni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
Farg‘ona o‘zining buyuk allomalari, shoirlari va san’atkorlari bilan ham mashhur. Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy singari buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini o‘rganish, ularni yosh avlod ongiga singdirish ham muhim vazifadir. Ayniqsa, Qo‘qon adabiy muhiti borasida xalqimiz yetarli manbaga ega emas. Xalqaro press-klubning sayyor anjumanida bu masalaga ham alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat aholisi telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan javob oldi.
O’zA