Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YANGILIKLAR XABARNOMASI №65

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YANGILIKLAR XABARNOMASI №65

IQTISODIYOT
O‘zbekistonda kelgusi ikki yilda iqtisodiy vaziyat qanday bo‘ladi? OTB prognozi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) yangi hisobotiga ko‘ra, infratuzilmaga yuqori xarajatlar, investitsiya muhitini yaxshilash, eksportni oshirish va qishloq xo‘jaligidagi o‘sish O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatladi, biroq kreditlar ekspansiyasi, tezlashayotgan inflatsiya va joriy to‘lov balansi taqchilligi ortishi bilan bog‘liq xatarlar saqlanib qolmoqda.
2019-yilda Osiyo taraqqiyoti sharhida tashkilot 2019-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 5,2 foizga va 2020-yilda 5,5 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.

Valutani liberallashtirishning uzoq muddatli ta’siri kommunal xizmatlar uchun narx oshishi, non narxi erkinlashtirilishi, ish haqi va pensiyalar miqdori ko‘tarilishi hamda kreditlashning tezkor o‘sishi bilan birga inflatsiya sur’atini tezlashtirdi.
O‘rtacha inflatsiya darajasi 2017-yilda 13,7%dan 2018-yilda 17,9%gacha ko‘tarildi. Bu almashuv kurs kursining barqarorligi, qattiq monetar siyosat va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari olib kirishga bojlar bekor qilishiga qaramay yuz berdi.
Investitsiyalar 2019-yilda iqtisodiyot o‘sishining asosiy dastagi bo‘lib qoladi, shu tariqa, investitsion muhitni yanada yaxshilash va ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati, elektr energiyasini ishlab chiqarish, transport hamda uy-joy qurilishini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirishni aks ettiradi.
Inflatsiya 2019-yilda 16 foizgacha, 2020-yilda esa 14 foizgacha tushishi prognoz qilinmoqda. Bu davlat dasturlari doirasida kreditlashning o‘sishi sekinlashishi va bojxona jarayonlarini yanada optimallashtirish importni osonlashtirishiga bog‘liq.
2018-yil noyabr oyida energiya tashuvchilar narxining ko‘tarilishi, 2019 yil iyun oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarining rejalashtirilayotgan oshirilishi, keyinchalik ish haqi va pensiyalar miqdoriga o‘zgartirish kiritilishi hamda importga bojxona to‘lovlarini oshirish tomoniga qayta ko‘rib chiqish natijasida inflatsiya bosimi saqlanib qoladi.
Kutilishicha, joriy to‘lov balansi taqchilligi 2019-yilda YaIM 7 foizi darajasi qoladi va 2020-yilda 6,5 foizgacha qisqaradi.
Tovarlar eksportining o‘sishi 2019-yilda 10% va 2020 yilda 12%ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda, bu oltin narxining ko‘tarilishi, Xitoy tomonining tabiiy gazga bo‘lgan barqaror talabi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Rossiya va qo‘shni mamlakatlarga eksporti ortishi hamda paxta tolasini to‘qimachilik mahsulotlariga qayta ishlashning ko‘payishini aks ettiradi.
Tovarlarni import qilish 2019-yilda 25 foiz va 2020 yilda 20 foizga o‘sishi prognoz qilinyapti, sababi infratuzilma loyihalariga talab va sanoatni modernizatsiya qilish davom etishi ushbu tarmoqlar uchun importni ko‘paytiradi. Davlatning rivojlanish dasturlari uchun tashqi mablag‘lar, prognozlarga ko‘ra, tashqi qarzni 2019-yil va 2020-yilda YaIMdan 35 foizgacha oshiradi.
Hisobotda irrigatsiya sohasidagi islohotlarni birinchi o‘ringa qo‘yish taklif etilmoqda, bu yerda yerlar inqirozi va suv tanqisligi muammosi mavjud.
Hukumatga iqlim o‘zgarishi oqibatlarini moslashtirish va yumshatish, fermerlarning xizmatlar va moliyalashtirishdan bemalol foydalanishi hamda yerlardan foydalanish huquqini ta’minlash masalalarini hisobga olgan uzoq muddatli sektor strategiyasini ishlab chiqish tavsiya qilindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik orqali transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va iqlimiy barqarorlikka ko‘maklashishi kerak.
(Manba: Kun.uz veb-sayti)
INVESTITSIYA
O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar nimalarga yo‘naltiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qayd etilishicha, 2019-yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ilk marotaba jahon moliya bozorlarida O‘zbekiston Respublikasining umumiy hajmi 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi 5 va 10 yil muddatli suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirildi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni quyidagi yo‘nalish va maqsadlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi:
889,2 million AQSh dollarini auksion savdolari o‘tkazish orqali tijorat banklari depozitlariga tegishli shartlarga muvofiq joylashtirish;
20 million AQSh dollarini “Agrobank” ATBga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli shartlarga muvofiq subordinar qarz sifatida kredit liniyasini ochish;
89,9 million AQSh dollarini “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli shartlarga muvofiq xorijiy valutada budjet ssudasi sifatida ajratish.
Tijorat banklarining subordinar qarz sifatida tan olinadigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarz majburiyatlari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“8. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi”.
(Manba: Kun.uz veb-sayti)
Farg‘ona–Toshkent–Maskat–Riga–Seul videomuloqoti bo‘lib o‘tdi
2019-yilning 3-aprel kuni Farg‘ona shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev Farg‘ona viloyatiga chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Farg‘ona viloyati va tumanlari hokimliklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Farg‘ona – Toshkent – Maskat – Riga – Seul videomuloqoti vositasida avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishiga oid aniq masalalar hamda xorijiy investorlarni jalb qilish, ular uchun zarur sharoitlar, xususan texnik talablarga mos keluvchi infratuzilmani yaratishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchisi Vitaliy Fen va O‘mon Sultonligidagi Elchisi Anvar Abduxalimov, Latviya Respublikasida Muvaqqat ishlar vakili Sharofiddin Mirzaqulov bajarilgan ishlar borasida hamda chet el kapitali ishtirokidagi va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan istiqbolli loyihalar to‘g‘risida axborot berdi.
Videoselektor yig‘ilishda latviyalik investorlar ham ishtirok etib, loyihaviy takliflarni tayyorlashning holati haqida ma’lumot berdi.
(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)
XALQARO MUNOSABATLAR
Singapur delegatsiyasi bilan uchrashuv
2019-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Singapur Respublikasi Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Davlat katta vaziri, Singapur Janubi-sharqiy okrugi meri Muhamad Maliki Bin Osman boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Suhbatda O‘zbekiston – Singapur munosabatlarini, jumladan BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollariga asosiy e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda yetakchi Singapur kompaniyalarining ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi va tomonlarda hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada oshirishga qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.
Shu nuqtayi nazardan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni 7 yillik tanaffusdan so‘ng qayta tiklash to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi. Muntazam muloqotlarning ushbu mexanizmi tashqi siyosat idoralariga avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishini monitoring qilish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga e’tiborni qaratish hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashish imkonini berishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Muzokaralarda Singapur Elchisi Zulkifli bin Baharuddin ishtirok etdi.
(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI
Turizm sohasidagi o‘zgarishlar, go‘daklar tashvishi va parlament kelishuvlari
2019-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, sog‘liqni saqlash, jamoatchilik nazoratini ta’minlash sohalaridagi islohotlarni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Majlis avvalida bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri sifatida qaralayotgan — mamlakatimizning sayyohlik imkoniyatlaridan keng foydalanish, turizm sohasini tartibga solishga qaratilgan “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama etildi.
Qayd etilganidek, ushbu qonun loyihasi 2018-yilning 9-oktabr kuni parlament quyi palatasining majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilingan edi. O‘tgan davr mobaynida davlatimiz rahbarining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqib, deputatlar tomonidan bildirilgan qator fikr-mulohaza va takliflar asosida ushbu qonun loyihasidagi havolaki normalar o‘rni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi moddalar bilan to‘ldirildi. Xususan, qonun loyihasida turizm faoliyatini tashkillashtirishni ta’minlaydigan turizm korxonalari — turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi faqat litsenziya asosida olib borilishi belgilab qo‘yilmoqda. Shu tariqa turizm faoliyatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan istalgan yuridik yoki jismoniy shaxsga endilikda mazkur litsenziya asosida erkin faoliyat yuritish imkoniyati yaratiladi.
Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizga tashrif buyurish niyatida bo‘lgan sayyohlar uchun yanada yengil va qulay sharoit yaratadi, turizm sohasini jadal rivojlantirish, soha taraqqiyotini ta’minlash va uning infratuzilmalarini jahon standartlariga mos ravishda takomillashtirish imkonini beradi.
Majlisda “Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamasi ham qizg‘in kechdi. Birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan mazkur qonun loyihasida go‘daklarni ona suti bilan boqishni targ‘ib etish, shuningdek, bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar, ularga rioya etish chora-tadbirlari, sertifikatlash masalasi hamda ushbu sohada tibbiyot xodimlarining o‘rni va vazifalari belgilab qo‘yilmoqda. Shuningdek, mazkur sohani davlat tomonidan tartibga solish, unda Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakolatlari ham aniqlashtirilmoqda.
Eng muhimi, qonun loyihasida go‘daklar, kichik yoshdagi bolalar bilan birga onalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tibbiyot muassasalarida, shuningdek, boshqa tashkilotlarda, jamoat joylarida tegishli sanitariya qoidalari va gigiyenik normativlarga javob beradigan go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni emizishga mos bo‘lgan maxsus ajratilgan joylar tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning qayd etishicha, ushbu qonun loyihasi mamlakatda sog‘lom nasl va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan qator tadbirlarning mantiqiy davomi va qonuniy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Majlisda ko‘rib chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasini tuzish haqidagi masala bahs-munozarali kechdi.
Gap shundaki, Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 6-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun 2019-yil 28-fevralda Oliy Majlis Senati yalpi majlisida ko‘rib chiqildi va rad etildi. Bu parlament faoliyatida kuzatiladigan holdir.
Alohida qayd etish joizki, fikrlar xilma-xilligi, qarashlarning turfaligi, o‘zaro bahs-munozara va tortishuvlar qonun ijodkorligi — parlamentarizmning eng muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Shu ma’noda, parlament quyi palatasi tomonidan kiritilgan mazkur qonunning ayrim jihatlari, qolaversa, takomillashtirilishi, maromiga yetkazilishi zarur bo‘lgan ba’zi normalari mavjudligi yoki shunday tuyulishi parlament yuqori palatasi vakillarida muayyan fikr-mulohaza uyg‘otgan bo‘lishi tabiiy hol. Bunday hollarda Konstitutsiyaning 84-moddasiga binoan, Oliy Majlis Senati tomonidan rad etilgan qonun parlament Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Shu munosabat bilan mazkur qonun yuzasidan bahs-munozara o‘tkazib, yagona to‘xtamga kelish maqsadida qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartib-taomilga ko‘ra, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasi tuzildi.
Palatalar kelishuv komissiyasi yagona fikrga kelgach, qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi.
Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
(Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati)
I XALQARO BAXSHICHILIK SANʼATI FESTIVAL
Milliy qadriyatlar va anʼanalarni rivojlantirishning bebaho manbai
Eng qadimiy sanʼat turlaridan biri boʻlgan baxshichilik milliy madaniyatimiz, maʼnaviyatimiz, anʼana va qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etadi. Elimizning ezgu niyat hamda istaklarini ifodalaydi.
Biroq, afsuski, maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismi boʻlgan ushbu noyob sanʼat keyingi davrlarda birmuncha unutilayozdi. Shunday bir sharoitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev baxshichilik sanʼatini bebaho nomoddiy madaniy meros sifatida qayta tiklash, yanada rivojlantirish, boyitish tashabbusi bilan chiqdi.
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 1-noyabrdagi qarori asosida Termiz shahrida tashkil etilayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali xalq ogʻzaki ijodining mazkur yoʻnalishidagi noyob namunalarini asrab-avaylash, yanada ravnaq toptirish, keng targʻib qilib, uni jahon uzra yoyish, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu festival koʻlami va ahamiyati jihatidan juda nufuzli sanaladi. Buni uning YUNЕSKO shafeligida oʻtkazilayotgani, mazkur sanʼat bayramida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (AYSЕSKO), shuningdek, Afgʻoniston, Turkiya, Tojikiston, Kuvayt hamda boshqa davlatlardan koʻplab faxriy mehmonlar, 80 dan ortiq mamlakatlardan 300 ga yaqin vakillar qatnashishidan ham bilish mumkin. Shuningdek, 20 davlatning ommaviy axborot vositalari xodimlari anjumanni bevosita yoritib borishi kutilmoqda.
Milliy qadriyat va anʼanalarimizni yanada rivojlantirish, folklor sanʼatimizni boyitish, dunyo boʻylab keng tarannum qilish borasida olib borilayotgan bunday ezgu ishlarni xalqimiz katta mamnuniyat bilan kutib olyapti. Bu barchaga faxr-iftixor, gʻurur bagʻishlamoqda. Sanʼat, madaniyat, adabiyot sohasi ijodkorlaridan ayrimlarining quyidagi fikrlaridan ham buni anglash mumkin.
Yoqub AHMЕDOV, Oʻzbekiston xalq artisti:
— Baxshichilik barcha sanʼatlarning onasidir, desam adashmayman. Oʻz his-tuygʻularini bir maromga solgan shoirning ham, soʻzlarga mos kuy yaratgan bastakorning ham, soʻz va ohang joʻrligida oʻz orzu-umidlarini kuylagan xonandaning ham, xalq qahramonlarini gavdalantirishga intilgan aktyorning ham ilk vakili baxshi boʻlgan, nazarimda. Baxshichilik ana shunday qadimiy, chuqur ildizlarga ega sanʼat. Shu bois ham baxshilarni tinglamagan, tinglay olmagan ashulachini chinakam ashulachi, u kuylagan dostonlardan, termalardan toʻrt qator yod bilmagan shoirni chinakam shoir, doʻmbira jarangidagi mazmunni his qilmagan bastakorni bastakor, deyish qiyin. Baxshining qalb olamini, ruhiyatini anglamagan, tushunmagan aktyor ham haqiqiy aktyor boʻlolmaydi.
Shu maʼnoda, yillar mobaynida turli talatoʻplarni boshdan oʻtkazib, qariyb unutilayozgan bu asl sanʼatning Prezidentimiz tashabbusi bilan eʼzozlanishi ulugʻ ish boʻldi. Uning yangi shakl va mazmun bilan boyishi, mohiyati, ahamiyatini butun elimiz, ayniqsa, yoshlarga chuqur tushuntirish borasida olib borilayotgan bugungi keng koʻlamli islohotlar sanʼatimizni, madaniyatimizni, maʼnaviyatimizni yuksaltirishning yangi bosqichini boshlab beryapti, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 1-noyabrdagi qarori asosida Termiz shahrida tashkil etilayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ham betakror milliy sanʼatimizni olamga namoyon etish bilan birga, xalqimizni dunyo xalqlari ogʻzaki ijodi namunalaridan bahramand qilish, jahon musiqa sanʼatida kechayotgan ijodiy jarayonlarni atroflicha oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu nufuzli festival turli qitʼalar xalqlariga mansub badiiy jamoalarning folklori, milliy kuy-qoʻshiqlari manzarasida insoniyatni tinchlik-totuvlik, bagʻrikenglik, insonparvarlik, maʼnaviy komillik yoʻlida birlashtiradi. Bugungi murakkab zamonda xalqlar oʻrtasida doʻstlik, hamjihatlik, hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.
Texnika-texnologiya jadal taraqqiy etayotgan, axborot almashinuvlari tobora kuchayayotgan bugungi zamonda sanʼatning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydigan “asar”lar paydo boʻlayotgani, ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlar mavzu, musiqa, ijro usuli, sahna harakatlarida ochiqdan-ochiq ajnabiy madaniyat koʻrinishlariga taqlid qilayotgani dilni xira qiladi. Bu yosh avlodning estetik didi va saviyasini oʻtmaslashtirmoqda, ongi, qalbi, maʼnaviyatiga zang tushirmoqda.
Mazkur jarayonda ulkan maʼnaviy merosimizni asrab-avaylash va oʻrganish, uni yoshlarga bezavol yetkazish, milliy va umumbashariy musiqa sanʼati yutuqlarini, jahon folklorining eng yaxshi namunalarini oʻrganish muhim. Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilishi, ertamiz egalarini umuminsoniy gʻoyalar ruhida tarbiyalashda, ular qalbida buyuk madaniyatimiz hamda sanʼatimizdan faxrlanish tuygʻusini, doʻstlik, ezgulik, mehr-muruvvat rishtalarini mustahkamlashda katta oʻrin tutishi uning qadri va ahamiyatini yanada oshiradi.
Xalqimiz qoʻshiqni, kuyni sevadi. Ezgulik sogʻinib, yaxshilik qilishga intilib yashaydi. Intiq kutilayotgan xalqaro festival ham dillarimizni yayratishi, biz, ijodkorlarni yangi ijodiy parvozlar sari ruhlantirishi, -shubhasiz.
Usmon AZIM, Oʻzbekiston xalq shoiri:
— Xalq ogʻzaki ijodi ulugʻ bir sarchashma oʻlaroq biz uchun behad qadrli hisoblanadi. Shu maʼnoda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida “Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi — folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi”, degan soʻzlari baxshilarning qadim makoni — Surxon vohasida tashkil etilayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalida dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.
Baxshi doʻmbirasini qoʻlga oldimi, bas, goʻyoki oʻzini unutgandek qadim zamonlarga ruhan koʻchib oʻtadi. Ular ajdodlarimiz qahramonliklari, bahodirlarini oʻz koʻzlari bilan koʻrib turgandek junbushga kelgancha kuylashlari bizni oʻzligimiz, tariximiz oʻzanlariga yetaklaydi. Baxshiyona topqirlik, badihagoʻylik esa har qanday sanʼatni samolarga olib chiqib, unga ilohiylik baxsh eta olish qudratiga ega boʻladi. Bu — moʻjiza!
Festival munosabati bilan chop etilgan “Yuragimning joʻri boʻlgan doʻmbiram” deb nomlangan baxshilarimiz ijodidan namunalar toʻplangan kitobga soʻzboshi yozish asnosida bu sohada hali qanchadan-qancha ishlar qilinishi kerakligiga amin boʻldim. Xalqimiz maʼnaviyatini shakllantirib, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf-udumlarimiz, anʼanalarimiz ruhida tarbiyalashda baxshichilik sanʼati katta maktab vazifasini oʻtaydi. Bu kitobga baxshilarimizning ovozlari yozilgan audio disk ham qoʻshib chiqarilgani ayni muddao boʻldi.
Ijodkor sifatida menga baxshichilik sanʼati juda koʻp narsa berganini eʼtirof etmay ilojim yoʻq. “Alpomishning qaytishi” deb nomlangan sahna asarim Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali -teatridan boshlab, Andijon, Surxondaryo ¬teatrlarida qayta-qayta namoyish etildi. “Alpomish” badiiy filmi adabiy ssenariysini yozish nasib etib, “Baxshiyona” turkumidagi sheʼrlarim shoirlik rutbamda alohida unutilmas bosqich boʻlib qoldi. Festivalda qatnashish uchun tugʻilgan diyorim — Surxon vohasi tomon yoʻlga otlanar ekanman, shu fikrlar xayolimdan oʻtdi.

(Manba: “Xalq so‘zi” gazetasi)