Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YANGILIKLAR XABARNOMASI №70

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
 YANGILIKLAR XABARNOMASI №70

INVESTITSIYALAR
Surxondaryodagi gaz konida burg‘ulash ishlari boshlandi
Surxondaryo viloyatidagi gaz konida razvedka quduqlarini burg‘ulash ishlari boshlandi.

Surhan gas chemical operating company (SGCOC) kompaniyasi Surxondaryo viloyatida mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi kelishuv doirasida razvedka quduqlarida burg‘ulashni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
2017 yil aprelida O‘zbekiston hukumati investorlar — Gas Project Development Central Asia (GPD, Gazprom International sho‘’ba tuzilmasi), Altmax Holding va «O‘zneftgazqazish» DAU bilan Surxondaryo viloyatida gazni qayta ishlash majmuasini qurishni o‘z ichiga olgan «O‘zbekiston mustaqilligi» investitsion blokidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konini o‘zlashtirish bo‘yicha konsorsium imzolagan edi.
«„Mustaqillikning 25 yilligi“ konida „Barvaqt gaz“ dasturini amalga oshirish boshlandi. Mazkur dasturning birinchi bosqichi razvedka quduqlarini burg‘ulashni ko‘zda tutadi», — deyiladi xabarda. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, SGCOC Eriell xalqaro servis guruhi bilan konda 15 ta razvedka va baholash-ekspluatatsiya quduqlarini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Operator martda 160 km km maydonda 3D dala seysmorazvedka ishlarini yakuniga yetkazdi. China National Petroleum Corporation bo‘linmasi hisoblangan BGP pudratchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 2018−2022 yillar davomida quduqlarni burg‘ulash, konlarni jihozlash, investitsion blokda geologik razvedka ishlarini o‘tkazish, 5 mlrd kub metr quvvatga ega gazni qayta ishlash zavodi va infratuzilmalarini qurish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqich qiymati 2 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etadi.
Ikkinchi bosqichda — 2023−2025 yillarda -mahsulot gazini chuqur qayta ishlash yo‘li bilan yiliga 500 ming tonna polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun gaz-kimyo majmuasini qurish rejalashtirilgan. «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konini ishga tushirish hamda gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi bo‘yicha loyiha qiymati 5,8 mlrd dollarni tashkil etadi. Loyiha 35 yilga mo‘ljallangan.
(Manba: Gazeta.uz)
MOLIYA
2019-yilning I choragida banklardagi aholi omonatlari hajmi 8,1 foizga oshdi
2019-yilning I choragida banklardagi aholi omonatlari hajmi 8,1 foizga oshdi, milliy valyutadagi omonatlar 10,3 foizga o‘sdi.
2019-yilning I choragida banklardagi aholi omonatlari hajmi 8,1 foizga oshib, 15 891 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning telegram kanali orqali xabar berildi (O‘R MB kursi 01.03.2019 da, 1$= 8451.37 so‘m).
Shu jumladan, milliy valyutadagi omonatlar 10,3 foizga o‘sib, ularning jami omonatlardagi ulushi 62 foizgacha ko‘tarildi.
Shu bilan birga, xorijiy valyutadagi omonatlar qoldig‘i 4,7 foizga oshgan bo‘lsada, ularning jami omonatlardagi ulushi 39 foizdan 38 foizgacha kamaydi.
(Manba: Gazeta.uz)
O‘zbekistonda birinchi marta birjada oltin sotildi
O‘tgan haftada “O‘zRTXB” AJda oltin quymasi sotuvi bo‘yicha birja savdolari o‘tkazildi. Birjada birinchi oltin sotuvchisi “Olmaliq KMK” AJ bo‘ldi.
"O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, savdo yakuniga ko‘ra 600 gr Au-1 markali oltin sotilgan bo‘lib, uning qiymati 209,06 mln so‘mga teng bo‘lgan. Birja kotirovkasi deyarli boshlang‘ich bahoda saqlangan – 1 gr oltin 348,4 ming so‘mni tashkil qilgan (O‘R MB kursi 01.03.2019 da, 1$= 8451.37 so‘m).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 martdagi №186-sonli “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan qimmatbaho metallar O‘zRTXB ning birja savdolari orqali sotilishni boshladi.
Qimmatbaho metallarning birja savdolari qonun hujjatlari, birja savdolari va hisob-kitob kliring xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalari asnosida amalga oshiriladi. Birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish taqiqlangan.
Bundan oldin, tovar xomashyo birjasida birinchi marta qimmatbaho metallar sotila boshlangani xabar qilingandi.
(Manba: Kun.uz)
XALQARO MUNOSABATLAR
AQSh delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida
2019-yilning 10-aprel kuni Toshkent shahriga AQShning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
Ikki tomonlama maslahatlashuvlar chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat va afg‘onlararo tinchlik muzokaralari mexanizmini yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashish, O‘zbekiston tashabbusi bilan Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)
Pekin shahridagi uchrashuv
2019-yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Den Siszyun bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi hozirgi holat va mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga yo‘naltirilgan afg‘onlararo tinchlik muloqotini boshlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Xitoy ko‘p yillik mojaroni hal etish borasidagi xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirishni muhim ahamiyat ega deb hisoblaydi.
Uchrashuvda Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki davlat hamkorligini mustahkamlash, jumladan Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatida Xitoy tomonining ishtirok etishi, turli jabhalarda boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xitoy tomoni O‘zbekistonning energetika, transport, logistika va ta’lim sohalaridagi turli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholab, o‘zining “Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘lini qurish loyihasini ishlab chiqishga qo‘shilishga tayyorligini bildirdi. Shu munosabat bilan Den Siszyun O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan, butun mintaqaga mo‘ljallangan, keyinchalik Janubiy Osiyo davlatlariga chiqish imkoniyatini beruvchi mintaqaviy transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihaning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Suhbatda Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “ShHT - Afg‘oniston” muloqot guruhining yig‘ilish kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar ham ko‘rib chiqildi.
(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)
O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida
2019-yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batmunx Batsetseg boshchiligidagi delegatsiyalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning hozirgi holati va ularni chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil tahlil qildilar.
Ikki mamlakat davlat tuzilmalari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi munosabatlarni jadal rivojlantirish uchun sezilarli salohiyat mavjudligiga urg‘u berildi va ko‘p qirrali aloqalarni yanada rivojlantirish uchun amaliy choralar ko‘rishning dolzarbligi qayd etildi.
Suhbat chog‘ida biznes-forumlar va kooperatsion birjalarni tashkil etish hamda ikki davlat savdo-sanoat palatalari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashi va hamkorlikning boshqa mexanizmlarini tuzishga qiziqish bildirildi
Turizm sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston tomonidan Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz tartib joriy qilinishi ularning O‘zbekistondagi buddizm qadamjolarini va boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi. Shu nuqtayi nazardan Mo‘g‘uliston tomoni Ulan-Bator va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganib chiqishni taklif etdi. Bu turli darajadagi aloqalarni hamda fan, madaniyat arboblari va sportchilar o‘rtasidagi almashinishlarni faollashtirishga yo‘l ochadi.
Uchrashuvda ikki davlatning xalqaro tashkilotlar, avvalo, BMT va ShHT doirasidagi hamkorligi masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Maslahatlashuvlarda Mo‘g‘uliston Elchisi Luvsan Battulga ishtirok etdi.
(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)
O‘zbekiston – Belarus qo‘shma majlisi
Minsk shahrida 9-aprel kuni Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Belarus birinchi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov hamda Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar davlat qo‘mitasi raisi Аleksandr Shumilin raisligida o‘tgan tadbirda qo‘shma komissiyaning har ikki davlat a’zolari, ilmiy doira vakillari ishtirok etdi.
Majlis ishchanlik va konstruktiv ruhda o‘tdi. Unda tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan birdek manfaatdor ekanini qayd etdi.
Belarus Respublikasi Prezidenti Аleksandr Lukashenkoning 2018-yil sentabr oyida mamlakatimizga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.
Ushbu hujjat asosida o‘tgan mazkur tadbirda O‘zbekiston – Belarus o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Innovatsion loyihalarni jadallashtirish va tijoratlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston tomoni ikki davlat texnoparklari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.
Tadbir doirasida energetika, tibbiyot, axborot-kommunikatsiya, raqamli iqtisodiyot, aerokosmik, robototexnika, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologiya sohalarida, agrosanoat, kimyo, tog‘-kon sanoatlarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash borasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish O‘zbekiston – Belarus ilmiy-texnik hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.
Shuningdek, 2019-2021-yillarda ilmiy-texnik loyihalar tanlovi doirasida taqdim etilgan ishlanmalarga yuqori baho berildi, O‘zbekiston – Belarus uch yillik ilmiy-texnik hamkorlik dasturini tasdiqlashga kelishildi. Ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida olimlar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-texnik va innovatsion sohalarda konferentsiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha umumiy yondashuvlar ishlab chiqildi.
Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus Milliy texnika universitetida bo‘lib, ta’lim muassasasi qoshida tashkil etilgan texnopark faoliyati bilan tanishdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnabod” texnoparki va Belarus Milliy texnika universiteti qoshidagi “Politexnik” texnoparki o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
(Manba: UzA)
O‘zbekiston – Аvstriya: savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar
Toshkentda 9-aprel kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Аvstriya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki mamlakatning iqtisod, savdo-sanoat, sarmoya, fan, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, yengil va kimyo sanoati kabi qator sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Аvstriyaning raqamlashtirish va iqtisodiy ishlar Federal vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha bosh direktori Frants Vessing va boshqalar ikki tomonlama hamkorlik ko‘plab yo‘nalishlarda, xususan, savdo-iqtisodiy sohalarda rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda Аvstriya sarmoyasi ishtirokida 50 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2018-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan. Bugungi kunda O‘zbekistondan Аvstriyaga kimyo sanoati, metall, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinmoqda.
Hukumatlararo komissiya majlisida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishdan har ikki tomon birdek manfaatdor ekani qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, tomonlar farmatsevtika, kimyo, yengil sanoat, ilm-fan, texnologiyalar, turizm, standartlashtirish va ekologiya kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Shuningdek, O‘zbekistonda avstriyalik iste’molchilarni yuqori sifatli tekstil, sarxil va quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavotlar kabi talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar bilan ta’minlash imkoniyati mavjud.
Tadbir doirasida “Аngren” erkin iqtisodiy zonasida metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish, metallni ruxlashga ixtisoslashgan zavodlar bunyod etish, Surxondaryo viloyati poliz ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy issiqxonalar qurish borasida kelishuvlarga erishildi.
* * *
Shu kuni Toshkentda O‘zbekiston – Аvstriya ishbilarmonlari biznes-forumi ham tashkil etildi.
Forumda Аvstriyaning tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat, kimyo sanoati, transport, logistika, sayyohlik, qurilish, energetika, turizm, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga ixtisoslashgan 30 ga yaqin kompaniya vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida mehmonlar mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar mazmuni bilan tanishtirildi.
– O‘zbekistonda iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar Аvstriya ishbilarmonlarining mamlakatingizga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda, – dedi Аvstriya iqtisodiyoti Federal palatasi vitse-prezidenti Rixard Shents. – Ular mamlakatingiz ishbilarmon doira vakillari bilan energetika, qishloq xo‘jaligi, tibbiy anjomlar va uskunalar ishlab chiqarish, farmatsevtika, go‘sht, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, urug‘chilik, yuk tashish kabi iqtisodiyotning ko‘plab sohalari bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishga tayyor.
Tadbirda o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, "O‘zkimyosanoat" aktsiyadorlik jamiyati, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi vakillari tomonidan yangi investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Forumda ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida B2B formatdagi uchrashuvlar tashkil etildi.
(Manba: UzA)
JAMIYAT
O‘zbekistonliklar oilada nechta farzand bo‘lishini xohlaydi? Ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Fuqarolarning reproduktiv qarashlari, reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq haqidagi jamoatchilik fikri” mavzusida so‘rov o‘tkazdi.
Undan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz fuqarolarining reproduktiv qarashlari, “reproduktiv salomatlik” va “reproduktiv huquq” tushunchalari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, fuqarolarning oilani rejalashtirish va aholi salomatligini saqlash masalalaridan xabardorlik darajasini o‘rganishdan iboratdir.
So‘rovda yurtimizning barcha fuqarolari – respublikamizning barcha viloyatlaridagi turli aholi qatlamlari vakillari, barcha yoshdagi xotin-qizlar va erkaklar, turli millat va din vakillari ishtirok etdi.
Jamiyatimizda oila munosib avlodni tarbiyalovchi muhim ijtimoiy institut mavqeiga ega bo‘lib, farzandlar eng muhim hayotiy ne’matlardan biri, baxtli va mustahkam oilaning zarur sharti hisoblanadi. Aksariyat so‘rov qatnashchilari (73,9 foiz) farzand – oila mazmuni va oilaning eng asosiy boyligi, degan fikrga qo‘shiladi.
So‘rovda fuqarolarning oilada farzandlar soniga doir istaklari ham aniqlandi. Masalan, ko‘pchilik o‘zbekistonliklar oilada uch nafar (35 foiz aholi) yoki to‘rt nafar (30,8 foiz) farzand bo‘lishini xohlaydi. So‘ralganlarning 13,2 foizi oilada besh nafar yoki undan ko‘proq farzand ko‘rish tarafdori. Bular asosan Surxondaryo viloyati (34,8), Xorazm viloyati (19 foiz) va Qashqadaryo viloyatida (18,8 foiz) istiqomat qiluvchi fuqarolardir.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdi, O‘zbekistonning aksariyat oilalarida keyingi farzandning tug‘ilishi haqidagi qaror er-xotin tomonidan birgalikda qabul qilinadi va bu ularning oiladagi bolalar soni haqidagi qarashlariga asoslanadi. So‘rov ishtirokchilari onaning sog‘lom bo‘lishi (22,5 foiz aholi) hamda oilaning moddiy ahvoli (21,7 foiz aholi) keyingi farzandning tug‘ilishida muhim omillardan deb hisoblaydi.
Tadqiqot, shuningdek, aholining “reproduktiv salomatlik” va “reproduktiv huquq” kabi tushunchalardan yetarli darajada xabardor emasligini ko‘rsatdi – 37,2 foiz so‘rov ishtirokchilari “reproduktiv salomatlik” tushunchasi bilan tanishmisiz, degan savolga tasdiq javobini bergan va respondentlar 23 foizining “reproduktiv huquq” tushunchasidan xabari bor. So‘rov bu masalada asosan yoshlarning yetarli darajada xabardor emasligini aniqladi:
18-19 yoshdagi so‘rov qatnashchilari orasida faqat 19,1 foizigina “reproduktiv salomatlik”, 10,6 foizi “reproduktiv huquq” tushunchalari haqida ma’lumotga ega. Shu bois, yoshlarning huquqiy va tibbiy bilimlarini oshirish, aholi, birinchi navbatda, yoshlar orasida keng targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish zarur.
Jamoatchilik fikri monitoringi o‘zbekistonliklar ongida oilani rejalashtirish masalalarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini ko‘rsatdi. Fuqarolar rejalashtirish – oila qurish va uni mustahkamlashda zarur va ijobiy tadbir bo‘lib, u sog‘lom va ardoqli farzandlar ko‘rish, ularni yuqori turmush darajasi bilan ta’minlash va o‘qitish imkonini berishini tushunib yetmoqda. Tadqiqot davomida oilani rejalashtirishni muhim deb hisoblaydigan fuqarolar soni oshgani kuzatildi: 2019 yilda 72,5 foiz so‘rov ishtirokchilari shu fikrni bildirgan (2018 yilda – 63,8 foiz fuqaro oilani rejalashtirish kerak, degan fikrda bo‘lgan).
(Manba: O‘zA)
I XALQARO BAXSHICHILIK SAN’ATI FESTIVALI
Ko‘hna, go‘zal va betakror san’at ovozasi
Termizda davom etayotgan xalqaro baxshichilik san’ati festivali xalq sayliga aylanib, uning jo‘shqin sadosi olis va yaqin hududlarga ketdi, kattayu kichikning qalbida bu qadim san’at turiga mehr uyg‘otdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu san’at bayrami milliy madaniyatimiz tarixini mazmunan boyitib, uning ravnaqi yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Festival kunlari nafaqat doston va termalar ijrosiga, balki milliy urf-odat hamda an’analarimiz, xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi namoyishi, maydon tomoshalariga ham keng o‘rin berilyapti.
— San’at anjumani boshlanganidan buyon har kuni ertalabdan to yarim tungacha maxsus dastur asosida uzluksiz konsert dasturlarimizni namoyish etyapmiz, — deydi Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori Turg‘unpo‘lat Yo‘ldoshev. — Shuningdek, biz uchun ajratilgan sahnada viloyat musiqali drama teatri, maqom ansambli, O‘zbekiston Respublikasi davlat filarmoniyasining Surxondaryo hududiy bo‘limi xodimlari, vohada faoliyat olib borayotgan xalq baxshilari, folklor jamoalari hamda musiqa va san’at maktablarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirokidagi rang-barang chiqishlar san’at ixlosmandlariga manzur bo‘layotir. Dasturlarimizda xalq og‘zaki ijodi namunalariga alohida e’tibor qaratganmiz. Shu bilan birga, tarixiy shaxslar hayoti va ijodi, ular qoldirgan boy madaniy merosni targ‘ib qiluvchi teatrlashtirilgan tomoshalarni muxlislar hukmiga havola etyapmiz.
San’at anjumani doirasida “O‘zbek oshxonasi” deb nomlangan oshpazlar tanlovi ham uyushtirildi. Shu o‘rinda aytish joizki, Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekistonda oshpazlikning qadimiy an’analari saqlanib qolgan. Milliy taomlarimiz dovrug‘i yetti iqlimga ketgan. Mamlakatimizning turli xudutslarida milliy taomlarni tayyorlashda bir-biridan farqli jihatlar ko‘zga tashlanadi.
Xususan, shimoliy xududlarda, asosan, palov va xamirli taomlar pishirilsa, janubiy viloyatlarda ko‘proq go‘shtli, guruch va sabzavotli taomlar iste’mol qilinadi. Farg‘ona vodiysining xam o‘ziga xos taomlari bor.
Festivalda o‘zbek oshxonasining dong‘i dunyoga ketgan taomi — palov, Surxondaryoning tandir kabobi, Xorazmning tuxumbaragi, Toshkentning moshxo‘rdasi va boshqa ko‘plab tansiq taomlar, shuningdek, turli qandolat hamda shirinliklar, non va non maxsulotlari o‘ziga xos ta’mi, mazasi bilan, ayniqsa, xorijliklarni xayratda qoldirdi.
Anjuman doirasida o‘tkazilayotgan xalq sayillarida bayramona ko‘tarinkilik, shodumonlik hukmron. Sayilgohda xunarmandlik maxsulotlaridan tashqari, milliy soz va liboslar, tasviriy hamda amaliy san’at, haykaltaroshlik, badiiy va xujjatli filmlar, kitob hamda albomlar, fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Ushbu tadbirlarda Toshkent viloyati vakillari ham faol qatnashyapti.
— “Quralay” xalq etnografik jamoamizning repertuarlari xalq qo‘shiq va termalari, milliy raqs hamda kuylari bilan boyitilgan, — deydi jamoa badiiy raxbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toshpo‘lat Matkarimov. — Xalqaro baxshichilik san’ati bayrami bizga ulkan ilxom manbai, ijodiy yuksalishga undovchi omil bo‘lib, xalq qo‘shiqlarini o‘rganishimiz uchun qulay ijodiy muxitni yaratib berayotir. Shuningdek, u xalqimiz milliy doston va termalar, xalq ijodiyoti durdonalariga tashna ekanini hamda ularning bu san’at turiga nisbatan mehr-muhabbatini ham yaqqol namoyon etmoqda.
Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida respublika baxshilarining ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning turli xududlaridan 87 nafar baxshi, shoir, oqin va jirov qatnashdi. Uch yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar chiqishlari munosib baholandi. Bo‘g‘iz ovoz bilan doston kuylash bo‘yicha qashqadaryolik B.Raximov, ochiq ovozda kuylashda qoraqalpog‘istonlik I.Asqarov, jirov va oqinlar yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent viloyati vakili T.O‘rinbekov birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ularning har biri turli darajadagi diplom va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, “Eng yosh ijrochi”, “Eng yoshi ulug‘ ijrochi”, “Eng yaxshi ayol ijrochi” kabi nominatsiyalar g‘oliblari aniqlandi (O‘R MB kursi 01.03.2019 da, 1$= 8451.37 so‘m).
Festival davomida chet ellik baxshilar ham xalq ijodiyoti namunalarini mahorat bilan ijro etib, hakamlar va muxlislar e’tiboriga xavola qilishmoqda. Xalqaro baxshichilik san’ati festivali tadbirlari davom etmoqda.
(Manba: “Xalq so‘zi” gazetasi)
O‘ZBEKISTON – TURIZM O‘LKASI
AQSh shtatlarida O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib etildi
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan AQShdagi vatandoshlar ishtirokida Navro‘z bayrami munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining O‘zAga ma’lum qilishicha Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar AQShning Pensilvaniya, Kaliforniya, Vashington va Illinoys shtatlarida keng nishonlandi. Tadbirlar doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilindi
Tadbirlarda 5 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Jumladan, AQShda istiqomat qilyotgan vatandoshlar, mahalliy aholi, turoperatorlar ishtirok etishdi.
Pensilvaniya shtati Bensalem shahrida ilk bor Navro‘zga bag‘ishlangan xalq sayli tashkil etildi. Tadbir davomida, so‘zga chiqqan AQSh Kongressi a’zosi Brian Fitzpatrik, Pensilvaniya shtati senatori Jon Sabatina, Bensalem shahar meri Jozep di Girolamo va boshqalar barcha o‘zbekistonliklarni Navro‘z bayrami bilan tabriklab, O‘zbekistonning boy madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari va turizm salohiyatini yuqori baholashdi.
Illinoys shtati Chikago shahrida sumalak, ko‘ksomsa, palov va boshqa taomlar tayyorlanib, tadbir ishtirokchilarga ulashildi. Shuningdek, o‘zbek xalq xunarmandchiligi namunalari namoyishga qo‘yildi hamda O‘zbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida Navro‘z bayrami davomida O‘zbekiston milliy madaniyati markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida kurash musobaqalari tashkil etildi va mahalliy aholi o‘zbek madaniyati, an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekistonning gastronomik turizm imkoniyatlarini ommalashtirish maqsadida milliy oshxona brendi ostida turli milliy taomlar tayyorlanib, tadbir ishtirokchilariga tortiq etildi.
Vashington shtatida “Sietl-Toshkent” birodarlar assotsiatsiyasi ko‘magida milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar namoyish etildi. Bundan tashqari, tadbir doirasida Sietl shahridagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib etishdi. Jumladan, vatandoshlarimiz tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda joriy etilgan yangi viza turlari (Vatandosh, Student visa, Academic visa, Medical visa, Piligrim visa) haqida ma’lumotlar berildi.
O‘tkazilgan barcha tadbirlar doirasida “O‘zbekistonga sayyohat qil!” shiori ostida O‘zbekistonning mashhur shaharlari, jumladan, Xiva, Buxoro va Samarqand aks ettirilgan 1000 dan ortiq avtomobillarga yopishtirish uchun mo‘ljallangan yorliqlar vatandoshlarimiz shaxsiy avtomashinalariga o‘rnatildi.
Shu o‘rinda, alohida ta’kidlash joiz, O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Vatandosh” O‘zbek-Amerika federatsiyasi hamkorligida, 2019 yil mart-aprel oylarida AQShda O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan
(Manba: O‘zA)
SPORT
O‘zbekning kurashi Islom birdamligi sport o‘yinlariga kiritildi
Аyni kunlarda Saudiya Аrabistonining Jidda shahrida Islom birdamligi sport federatsiyasining navbatdan tashqari Bosh Аssambleyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu yirik anjuman doirasida tashkilotga yangi prezident saylash kun tartibining asosiy masalasi edi. Saylov natijalariga ko‘ra, 2019-2021 yillar uchun tashkilot prezidenti lavozimiga shahzoda Аbdulaziz Bin Turki Аl Faysal Аl Saud saylandi.
Аssambleyada saylovdan tashqari, Milliy olimpiya qo‘mitalari va Xalqaro sport federatsiyalari o‘rtasida qator sohalarni birgalikda rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash chora-tadbirlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Unda O‘zbekiston nomidan Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etayapti.
Biz uchun ahamiyatlisi, o‘zbek xalqining milliy sporti hisoblanmish Kurash endilikda Islom birdamligi sport o‘yinlari dasturiga kiritiladi. Quvonarlisi, Kurash tobora ko‘plab kompleks sport musobaqalari dasturiga kirib bormoqda.
Dastlab 2017 yili Turkmanistonning Аshxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari, keyinchalik o‘tgan yili Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kirgan Kurash endilikda Islom birdamligi sport o‘yinlari oilasi safidan joy oladi.
Osiyo o‘yinlarida Kurash bo‘yicha 7 vazn toifasida medallar jamlanmasi o‘ynalgan edi. Yaqinda Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti Shayx Аhmad Аl-Fahad Аl-Sabax hamda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Xaydar Farmonning yurtimizga tashrifi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Аhmadjonov bilan o‘tgan uchrashuvidan so‘ng 2022 yilgi Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha 15ta medallar jamlanmasi o‘ynalishi borasida kelishuvga erishilgandi.
(Manba: O‘zA)