Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YANGILIKLAR XABARNOMASI №75

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YANGILIKLAR XABARNOMASI №75

TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
2019-yil 17-aprel

PREZIDENT
Oʻzbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosarini qabul qildi
16-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Oʻz navbatida, Alan Dunkan koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirib, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Oʻzbekistonda davlat boshqaruvining barcha sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab olgan keng koʻlamli islohot va yangilanishlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini taʼkidladi.
Bugungi kunda siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalar faol davom ettirilmoqda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya va bank-moliya sohalaridagi hamkorlik kengaymoqda. 2018 yil yakunlariga koʻra oʻzaro savdo hajmida keyingi 10 yildagi eng yuqori oʻsish koʻrsatkichi qayd etildi.
Joriy yil fevral oyida Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston-Britaniya kengashining navbatdagi yigʻilishi samarali oʻtdi.
Madaniy-gumanitar, taʼlim va turizm sohalaridagi almashinuvlar kengaymoqda. Mamlakatimizda Xalqaro Vestminster universiteti va Britaniya kengashining vakolatxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, Britaniyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini, ilgʻor tajriba va texnologiyalarini jalb qilgan holda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Afgʻonistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yoʻl bilan hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv soʻngida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyaning mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida intilishi qatʼiy ekani alohida qayd etildi.
(Manba: OʻzA)
Alan DUNKAN: “Oʻzaro aloqalarni yanada taraqqiy ettirish niyatidamiz”
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Alan Dunkan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari haqida quyidagilarni soʻzlab berdi:
– Men Oʻzbekistonning tarafdori va muxlisi ekanimni alohida taʼkidlashni istardim. Shu bois, Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan soʻng mamlakatingizga tez orada tashrif buyurgan edim.
Biz tarixning muhim pallasida turibmiz. Oʻzbekiston iqtisodiy va ijtimoiy sohada yanada liberallashdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev qator islohotlarni hayotga izchil tatbiq etmoqda. Bu Oʻzbekistonning biznes yuritish uchun va turizm borasida yanada jozibador boʻlishiga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston bilan Buyuk Britaniya ishbilarmonlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari katta. Yaqinda Buyuk Britaniyaning qator kompaniya va firmalari vakillari yurtingizga tashrif buyurgan edi. Mavjud imkoniyatlar toʻliq ishga solinishini istaymiz. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatidamiz. Bu hamkorlik neft-gaz, togʻ-kon, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari kabi sohalarni qamrab oladi. Oʻzaro aloqalarni yanada taraqqiy ettirishga bor kuch va imkoniyatimizni safarbar etamiz.
Oʻzbekistonning nufuzi tobora ortib borayotganini taʼkidlamoqchiman. Ilgari qoʻshni mamlakatlar bilan bahsli masalalar mavjud edi. Hozir hech qanday munozara qolmadi. Prezidentingiz qoʻshni davlatlar bilan doʻstona aloqalarni qayta tikladi. Bu mintaqada barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlashda juda muhim. Amalga oshirilayotgan ichki islohotlar sarmoya kiritishda dolzarb ahamiyat kasb etadi, deb oʻylayman.
(Manba: OʻzA)
SIYOSAT
Koreya Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifiga doir
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In 2019-yil 18-21-aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Tashrif dasturida Prezident Mun Chje Inning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida nutq soʻzlashi, davlat rahbarlarining ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari biznes-forumida hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va sanʼati uyining ochilish marosimida ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, Samarqand shahriga tashrif rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida Qoʻshma deklaratsiya qabul qilinishi, salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar toʻplami, shuningdek, savdo shartnomalari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
(Manba: OʻzA)
ISLOHOTLAR
O‘zbekiston DSQda Xalqaro valyuta fondidan maslahatchi tayinlandi
O‘zbekiston DSQda Xalqaro valyuta jamg‘armasidan doimiy maslahatchi tayinlandi. Soliq xizmatida korrupsiyaga barham berish uning asosiy vazifalaridan.
Litvalik Modestas Kaselyauskas O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasidan doimiy maslahatchi etib tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar qildi.
Maslahatchi XVJning soliq-byudjet masalalari bo‘yicha departamenti amalga oshirayotgan soliq ma’murchiligi loyihasida doirasida tayinlangan bo‘lib, DSQ va Moliya vazirligiga 2019−2023 yillarda o‘rta istiqbolda soliq ma’murchiligini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va joriy etishda yordamlashadi.
Modestas Kaselyauskas vazifalari qatorida sohani «yuqori texnologiyali, avtomatlashtirilgan, zamonaviy standartlarga javob beruvchi, shuningdek korrupsiyalashmagan soliq xizmati"ga aylantirishda yordamlashish ham o‘rin olgan.
Modestas Kaselyauskas (1974 y. t.) 2005−2014 yillarda Litva Moliya vazirligi qoshidagi Davlat soliq inspeksiyasiga rahbarlik qilib, ushbu mamlakat soliq organlarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
(Manba: Gazeta.uz)
MOLIYA
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari toʻgʻrisidagi ma’lumot yangilandi
Sof oltin valyuta zahirasi hajmi kamayib 26,9 mlrd. $ ni tashkil etdi.
Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi (2019 yil 1 aprel holatiga koʻra).
Sof oltin valyuta zahirasi hajmi kamayib 26,9 mlrd. $ ni tashkil etdi (martda bu koʻrsatkich 27 mlrd. $ ni tashkil etgan edi):
01.01.2019 01.02.2019 01.03.2019 01.04.2019
26 394,1 26 600,2 27 404,8 26 996,5
Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
(Manba: Spot.uz)
2019-yilning I choragida jismoniy shaxslarga 26,7 trillion so‘m kredit ajratildi
2019-yil I chorak yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 26,7 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 82 foizga o‘sdi (O‘R MB kursi 01.03.2019 da, 1$= 8455.37 so‘m).
2019-yil I chorak yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi 26,7 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 82 foizga va joriy yil boshiga nisbatan 9 foizga o‘sdi. Bu haqda Markaziy bankning telegramdagi kanali orqali xabar berildi.
Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar tarkibida muammoli kreditlar 65 mlrd. so‘mni tashkil etib, joriy yilning o‘tgan davrida 38 mlrd. so‘mga yoki 1,4 martaga oshdi.
Qayd etish lozimki, hisobot sanasiga jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarda muammoli kreditlar ulushi past darajada bo‘lib, ular 0,2 foizni tashkil etdi.
(Manba: Kun.uz)
XALQARO MUNOSABATLAR
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi bilan uchrashuv
2019-yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 8-9-oktabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamda oʻzaro manfaatli barcha sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Ko‘pqirrali hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi alohida ta’kidlandi. Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi yirik savdo-iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2018-yil yakuniga koʻra ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 19,1 foizga o‘sdi. Madaniy, gumanitar, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlik faollashdi.
Samarqand shahrida 16-aprel kuni o’z faoliyatini boshlagan Fransiya Faxriy Konsulligining ochilishi ushbu yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jan-Batist Lemuan Samarqand va Toshkent viloyatlariga tashrifidan olgan taassurotlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Davlat kotibi mazkur viloyatlarda Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi va muvaffaqiyatli hamkorlik uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Suhbat davomida 2019-yili bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Fransiya uchrashuvlari jadvali, jumladan, siyosiy maslahatlashuvlar va boshqa qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, shuningdek, Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralarda Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchisi Violen de Vilmor ishtirok etdi.
* * *
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston-Fransiya hujjatlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isakov Oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiya va maxsus ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ahdlashuv bayonnomasi, Huquq sohasida almashinuv va hamkorlik to‘g‘risidagi ma’muriy kelishuv, Davlat moliyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ahdlashuv bayonnomasini imzoladilar.
(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI
Turizm, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, davlat-xususiy sheriklik qonun bilan tartibga solinadi
2019-yil 16-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.
Parlament vakillari dastlab «Turizm to‘g‘risida»gi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar. Ta’kidlash joizki, Oliy Majlis quyi palatasining shu yil 2 aprelda bo‘lib o‘tgan majlisida mazkur loyiha “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rinishida ikkinchi o‘qishda qizg‘in muhokamalarda ko‘rib chiqilgan edi. Unda deputatlar tomonidan bildirilgan fikr, muhokama va takliflarning asosiy maqsad-mohiyati amaldagi “Turizm to‘g‘risida”gi qonunga qariyb yetmish foiz o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotgani, turizmga endilikda iqtisodiyotning strategik maqomi berilganidan kelib chiqib, loyiha uchinchi o‘qishga “Turizm to‘g‘risida”gi yangi qonun sifatida tayyorlandi. Unda belgilangan 21 ta asosiy tushunchadan 9 tasi, masalan, “turistik xizmatlar buyurtmachisi”, “joylashtirish vositasi”, “turistik faoliyat” kabi tushunchalar tegishli moddalarga singdirildi va asosiy tushunchalar sirasidan chiqarib tashlandi. Loyiha qator yangiliklar, yangi atamalar va tushunchalarga boy bo‘lgani uchun Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasida qonun ijodkorlari, mutaxassislar va tilshunoslar ishtirokida yana bir bor muhokamadan o‘tkazilib, yuridik atamalar va til qoidalariga to‘liq muvofiqlashtirildi.
Bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham muhokamalarga boy bo‘ldi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning rivojlanishi uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish mamlakatning energetik, ekologik va iqtisodiy xavfsizligi maqsadlarida, shuningdek, respublika energetikasining barqaror rivojlanishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, qayta tiklanuvchi energetika chekka, tog‘li va uzoq hududlarning energiya ta’minotida iqlim sharoitimizga mos quyosh resurslari, kichik gidroenergetika, shamol resurslari, biomassa va geotermal energiya iqtisodiy asoslangan energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Muhokamalar chog‘ida qayd etilganidek, ayni sohadagi munosabatlarni tartibga solish borasida qator normativ hujjatlar, tegishli qarorlar qabul qilingan, keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohada alohida qonunning qabul qilinishi esa, avvalo, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada keng rivojlantirish va joriy etishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani, sohadagi ishlar uchun qonuniy asos, kafolat yaratish orqali chet ellik investorlarning ishonchini qozonish hamda manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini hamda yoqilg‘i-energetika balansini, mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash, sohada davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini va majmuaviy chora-tadbirlarini tizimli mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishdagi muhokamalarda bildirilgan asosiy e’tirozlar — havolaki normalar bartaraf etildi, sohaning vakolatli organi aniq belgilandi.
Majlisda muhokamasi qizg‘in kechgan masalalardan yana biri «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘ldi. Qayd etilganidek, mazkur loyiha mamlakatimizda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy asosini yaratish, xalqaro amaliyotga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirish bo‘yicha yagona qoida va tartibotni o‘rnatishni ko‘zda tutadi. Loyihaning qabul qilinishi chet el investitsiyalarni yanada keng jalb etish, istiqbolli loyihalarni xalqaro tajriba asosida amalga oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga, davlat-xususiy sheriklik jarayonlariga jalb qilinadigan sohalarda mutaxassislarning malakasini yuksaltirishga ko‘maklashadi.
Mazkur qonun loyiha muhokamalari mobaynida siyosiy partiyalarning parlament quyi palatasidagi fraksiyalari o‘zlarining qat’iy munosabatini bayon etdi. Jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) fraksiyasi a’zolarining fikricha, yurtimizda iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, institutsional islohotlar investitsiya muhitini yaxshilashga, xorijiy va mahalliy investorlar sonining ortib borishiga ko‘maklashishi barobarida, an’anaviy ravishda davlat tasarrufida va boshqaruvida bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammo hamda kamchiliklar davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etishni jadallashtirish yuzasidan muhim choralar ko‘rishni taqozo etmoqda.
Loyiha O‘zLiDePning bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va raqobatdoshligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalariga to‘liq mos keladi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari qonun loyihasi xususida fikr yuritar ekan, uning qabul qilinishi O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklikning mustahkam huquqiy asosini yaratishiga ishonch bildirdi. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, xalqaro tajriba asosida loyihalarni amalga oshirishga imkon yaratishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, qonun loyihasi qo‘shimcha ish o‘rinlari ochilishiga, davlat-xususiy sheriklik jarayonlariga jalb etiladigan mutaxassislarning bilim va mahorat darajasini oshirishga yordam berishi qayd etildi. Ushbu partiya saylovoldi dasturida ayni yo‘nalishda belgilangan ustuvor maqsad-vazifalarga to‘la mos keladigan ushbu qonun loyihasida davlat-xususiy sheriklikning maqsad va mezonlari, amal qilish muddati, ta’sir etish sohalari, shartnoma tomonlari hamda institutsional mexanizmi aniq belgilangani bayon qilindi.
Qonuni loyihasi O‘zbekiston XDP fraksiyasi tomonidan ham partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, chuqur tahlil qilindi. Ta’kidlanganidek, ushbu qonun loyihasi ijtimoiy soha ob’ektlarini qurib, foydalanishga topshirish borasidagi ko‘plab muammolar yechimiga ham xizmat qiladi. O‘z navbatida, fraksiya a’zolari loyihaning O‘zbekiston XDP Saylovoldi dasturidagi vazifalar bilan hamohangligidan kelib chiqib, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shu bilan birga, fraksiya a’zolari tomonidan davlat-xususiy sheriklik munosabatlari davlat manfaatlarini hisobga olib, har tomonlama maqbul shartlarda, adolatli bo‘lishi yuzasidan qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.
O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zolarining nuqtai nazariga ko‘ra, loyihada aks etgan masalalar mazkur partiyaning dasturi va maqsadlariga mos keladi. Fraksiya vakillari davlat tomonidan aholi daromadini izchillik bilan ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlagan holda, ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, biznes tuzilmalarining ijtimoiy mas’uliyatini yanada oshirish, davlat va xususiy sektor o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash hamda bu borada qonunchilik bazasini takomillashtirish muhim vazifa sifatida belgilanganini qayd etib o‘tishdi. Shularni inobatga olib, fraksiya qonun loyihasini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, u iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.
Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati)