Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YAPON YOSHLARI O’ZBEKISTON BILAN TANISHMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YAPON YOSHLARI O'ZBEKISTON BILAN TANISHMOQDA

Kunchiqar mamlakatning Kioto prefekturasidagi Maydzuru shahri oliy o’quv yurtlarida O’zbekiston madaniyati va san’atiga bag’ishlangan bir qator taqdimotlar o’tkazildi. Tadbirlar mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan Maydzuru shahri meriyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Taqdimot marosimlari chog’ida yaponiyalik yoshlar e’tiboriga o’lkamizning tarixi, madaniyati va san’ati, uning zamonaviy rivojlanishi va turizm sohasidagi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, O’zbekiston mustaqillik yillarida zamonaviy, jadal rivojlanayotgan davlatga aylangani ta’kidlandi. Shu bilan birga, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning o’z mustaqil yo’lini tanlab olgan mamlakatimiz yuqori muvaffaqiyat va natijalarga erishgani qayd etildi. Yaponiyalik talabalarning asosiy e’tibori O’zbekistonda har jihatdan barkamol avlodni shakllantirish, hammabop va samarali bo’lgan ta’lim tizimini yaratish va muntazam takomillashtirib borish, yoshlar tashabbuslarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaratildi.

O’z navbatida, Yaponiya talabalari ham O’zbekistonning tarixi va madaniyati haqidagi o’z bilimlari bilan o’rtoqlashdilar. Ular tomonidan, xususan, mamlakatimizning tarixiy shaharlari, betakror tabiati hamda nabоtot va hayvonot olami kabi alohida mavzularga bag’ishlangan taqdimotlar namoyish etildi.

— Jug’rofiy jihatdan bir-biridan olisda joylashganligiga qaramay, Yaponiya va O’zbekistonni ko’p asrlik mustahkam do’stlik rishtalari bog’lab turadi, - dedi “Jahon” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida Maydzuru shahri meri Ryozo Tatami. - Bu kabi tadbirlar yapon yoshlarini sizning g’aroyib diyoringiz bilan yaqindan tanishtirishga ko’maklashadi. Bugungi taqdimotlar ishtirokchilari qalbida O’zbekistonga bo’lgan mehr va muhabbat uyg’ondi. Biz xalqlarimiz o’rtasidagi madaniyat almashinuvi va aloqalarni yanada mustahkamlashni davom ettirishning tarafdorimiz.

“Jahon” AA, Tokio