YAPONIYA BOSH VAZIRINING O‘ZBEKISTONGA TASHRIFIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 2015-yil 24-26-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalarni, mintaqaviy va xalqaro siyosatga doir dolzarb muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlarning Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa ko‘plab hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati