YAPONIYA DELEGATSIYASI O’ZBEKISTONDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Yaponiya sayyohlik agentliklari uyushmasi (JATA) raisining o’rinbosari Djingo Kikuma boshchiligidagi yapon sayyohlik tashkilotlari delegatsiyasi mamlakatimizga keldi. Uning tarkibida Umumyapon sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi (ANTA), JTB, Hankyu Travel, Foresight Marketing kompaniyalari, Tokio shahridagi «Narita» xalqaro aeroporti, shuningdek, TV-Asahi telekompaniyasi, “Mainichi Shimbun” gazetasi, «JIJI Press” axborot agentligining vakillari bor.
Ushbu safardan ko’zlangan maqsad O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida sayyohlik sohasidagi hamkorlikni faollashtirish hamda mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdir. Yaponiya delegatsiyasi a’zolari ushbu safar doirasida sohaga aloqador vazirlik va idoralarda qator uchrashuvlar o’tkazishadi hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Termiz shaharlarida bo’lishadi.
“Jahon” axborot agentligi muxbiri Kunchiqar mamlakat delegatsiyasi rahbari - Yaponiya sayyohlik agentliklari uyushmasi (JATA) raisining o’rinbosari Djingo Kikuma bilan suhbatda bo’ldi.
— O’zbekiston Markaziy Osiyo sayyohligining yuragi hisoblanadi, - dedi u. - Boy madaniy-tarixiy merosga ega bo’lgan respublikangiz butun dunyoning, shu jumladan, Yaponiya sayohatchilari uchun juda jozibador yo’nalishga aylanib qolgan.
Sayyohlik sohasida mamlakatlarimiz o’rtasida ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjud. Umid qilamanki, bizning ushbu safarimiz jabhadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
“Jahon” AA