Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YAPONIYA ELCHISI: “BAG’RIKENGLIK VA MEHMONDO’STLIK O’ZBEK XALQINING ASOSIY FAZILATI HISOBLANADI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YAPONIYA ELCHISI: “BAG'RIKENGLIK VA MEHMONDO'STLIK O'ZBEK XALQINING ASOSIY FAZILATI HISOBLANADI”

Mamlakatimiz davlat mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida “Jahon” axborot agentligi muxbiri Yaponiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi sifatidagi o’z missiyasini joriy yil 11-avgust kuni tugallagan Fumixiko Kato bilan muloqotda bo’ldi.

— Qiyinchiliklarni muvaffaqiyat bilan yengib o’tib, jahondagi murakkab bir sharoitda barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlayotgan mamlakatingizga o’z hurmatimni izhor etishni istar edim, - dedi Yaponiya diplomati. - Bularning barchasi o’zbek xalqi tirishqoqligi, mehnatining natijalaridir.

Respublikamizning iqtisodiy salohiyati haqida gapirar ekan, elchi janoblari mamlakatimiz ulkan imkoniyatlarning sohibi ekanligini aytdi. U o’zbek zamini tabiiy zahiralarga boyligini ta’kidlash bilan birga, yurtimiz qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda ham katta salohiyatga egaligini qayd etdi. Elchining ta’kidlashicha, bularning barchasi hamda o’zbek xalqining hammaga yaxshi ma’lum bo’lgan mehnatkashligi zamonaviy O’zbekiston erishgan muvaffaqiyatlarga asos bo’ldi.

Fumixiko Kato davlatimiz yuritayotgan ijtimoiy siyosatga yuqori baho berar ekan, mamlakatimizda har bir yil muayyan ijtimoiy yo’nalishni rivojlantirishga bag’ishlanishi, tegishli davlat dasturlarining hayotga tadbiq etilishi boshqa mamlakatlar uchun yaxshi namuna ekanligini aytdi. Shu munosabat bilan, yapon diplomati O’zbekistonning sog’liqni saqlash, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi muvaffaqiyatlarini alohida qayd etdi.

F.Kato zaminimizda millatlararo hamjihatlik hukm surayotgani mamlakatimiz barqaror rivojlanishining muhim omillaridan biri ekanligini ham e’tirof etdi. Uning so’zlariga qaraganda, ushbu muqaddas o’lkada yashaydigan barcha millat va elatlar vakillariga nisbatan “xayrixohlik va bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo’lish muhiti” mavjuddir.

— Bag’rikenglik va mehmondo’stlik o’zbekistonliklarning asosiy fazilati hisoblanadi, - dedi F.Kato. - Mamlakatingizda ishlagan yillarim davomida men bunga shaxsan ishonch hosil qilganman.

O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi xususida to’xtalar ekan, Kunchiqar mamlakat vakili quyidagi fikrlarini bayon etdi:

— Davlatlarimiz jo’g’rofiy jihatdan bir-biridan uzoq masofada joylashgan bo’lsa-da, ularni ko’hna va mustahkam do’stlik rishtalari bog’lab turadi. Zamonaviy bosqichda tegishli dasturlar doirasida mamlakat rivojlanishiga ko’maklashish maqsadiga yo’naltirilgan turli loyihalarni amalga oshirish asnosida Yaponiya O’zbekistonni har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda. Biroq biz erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmaymiz, aksincha munosabatlarimiz strategik sheriklik maqomiga tom ma’noda muvofiq bo’lishi uchun kerakli chora-tadbirlarni ko’rmoqdamiz. (2002 yili O’zbekiston va Yaponiya Do’stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi qo’shma bayonotni imzolagan edi - tahr.). O’tgan yil oktyabrida Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening O’zbekistonga buyurgan rasmiy tashrifi ikki tomonlama aloqalar tarixida muhim voqyea bo’ldi.

Fumixiko Kato 2004-yili ish boshlagan “Markaziy Osiyo Q Yaponiya” muloqoti doirasidagi ko’p tomonlama hamkorlikning rivojlanishi masalasiga alohida to’xtaldi. Diplomat eslatib o’tganidek, 2014-yili ushbu muloqot tashkil topganining 10 yilligi nishonlanishi munosabati bilan tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida amaliy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bu minbardan foydalanishni davom ettirish yuzasidan barcha ishtirokchilar yakdil fikr bildirdilar. Elchining ma’lum qilishicha, hozirgi paytda “Markaziy Osiyo Q Yaponiya” muloqoti doirasida qishloq xo’jaligi, transport va logistika sohalarida aniq-ravshan loyihalarni hayotga tadbiq etish masalalari muhokama etilmoqda. Shuningdek, F.Kato Yaponiya hukumati “hamkorlikning ushbu shakli doirasida O’zbekiston bilan yaqin aloqalarni yanada mustahkamlash niyatida” ekanligini aytdi.

Suhbatdosh quyidagi tilaklarni izhor etish bilan o’z fikrlarini yakunladi:

Mustaqillikning 25 yilligi bilan O’zbekiston xalqini samimiy muborakbod etaman! Ishonchim komilki, Yaponiya va mamlakatingiz o’rtasidagi do’stona munosabatlar bundan keyin ham og’ishmay rivojlanadi va mustahkamlanadi. Chin qalbimdan bardavom tinchlik va farovonlik tilayman!

“Jahon” AA