Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YAPONIYA OLIY LIGASIDAGI BIRINCHI O’ZBEK FUTBOLCHISI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YAPONIYA OLIY LIGASIDAGI BIRINCHI O'ZBEK FUTBOLCHISI

Ma’lumki, o’zlarining yuqori malaka va mahorat egasi ekanligini namoyish etayotgan o’zbek sport ustalari nufuzli xalqaro musobaqalarda ajoyib natijalarga erishgani holda butun dunyo sport ishqibozlari hamda mutaxassislarining e’tiborini jalb etmoqda. Bu o’zbek futbol o’yinchilariga ham tegishlidir.

Masalan, yaqinda O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Fozil Musayev Yaponiyaning J-League oliy ligasida o’ynaydigan “Jubilo Iwata” jamoasiga o’tgani ma’lum bo’ldi. Bu yangilik Yaponiya ommaviy axborot vositalarida ham o’z aksini topmoqda.

Jumladan, Kunchiqar mamlakatda nashr etiladigan “Nikkan Sports” gazetasi jurnalisti Kazuda Maeda o’zbek futbol ustasi mazkur jamoaning Shidzuoka prefekturasidagi Ivata shahrida joylashgan o’z stadionida allaqachon mashqlarga tushib ketganini ma’lum qildi.

Jurnalistning qayd etishicha, shu kunga qadar Yaponiya oliy ligasida dunyoning 65 mamlakati futbolchilari to’p surishgan. O’zbekistondan esa J-League birinchi marotaba futbol o’yinchisini qabul qildi.

Kazuda Maeda o’zbek yarim himoyachisi qobiliyatlari bilan gazetxonlarni tanishtirar ekan, u maydonda o’z o’rnini tez topib olish va to’pni ustalik bilan o’ziga olish mahoratini alohida qayd etgan. “U-20 va U-23 O’zbekiston terma jamoalari tarkibida ishtirok etgan Fozil Musayev lozim darajadagi tajribaning egasidir. U “A” toifasidagi xalqaro musobaqalarda 20 marotaba qatnashgani holda O’zbekiston, Qatar va Eron futbol klublari sharafini himoya qilgan”, deb yozadi muxbir.

Ma’lumot tariqasida qayd etish joizki, 1946-yildan buyon chop etiladigan “Nikkan Sports” gazetasi bugungi kunda 1,7 milliondan ziyod nusxada chop etiladi va butun Yaponiya hududida tarqatiladi.

“Jahon” AA, Tokio