YAPONIYA PARLAMENTI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi xalqaro aloqalar departamenti direktori, deputat Kadzunori Tanaka boshchiligidagi Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi.
Delegatsiya tarkibida Vakillar palatasining deputatlari Mineyuki Fukuda, Yoichi Anami, Yayooi Kimuralar ham bor.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining dolzarb masalalari, avvalo parlamentlararo darajadagi aloqalar yuzasidan fikr almashildi.
Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening 2015-yil oktabr oyidagi mamlakatimizga rasmiy tashrifi chog‘idagi oliy darajadagi O‘zbekiston-Yaponiya muloqotining yakunlariga, erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya rahbarlarining muzokaralari o‘zaro hamkorlikning deyarli barcha jabhalariga yangi turtki berganligi va ikki davlat o‘rtasidagi strategik sherikchilik munosabatlarini yanada yuqoriroq darajaga ko‘targanligi qayd etildi.
Suhbatda Yaponiya Elchisi Fumihiko Kato ishtirok etdi.