Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Yaponiyada BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha rezolyutsiyasi haqida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Yaponiyada BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha rezolyutsiyasi haqida

O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi xorijiy mamlakatlar ekspert doiralari vakillari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqot institutining (Yaponiya) ijrochi direktori Tetsuji Tanaka shunday dedi:

– O‘zbekiston Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash tarafdoridir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosatda erishgan yutuqlari orasida mintaqa davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalari o‘rnatilishi va mamlakat xalqaro obro‘sining oshirilishi bo‘ldi.

2017 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Samarqand konferensiyasida ishtirok etgandim. Bu tadbirda Shavkat Mirziyoyev yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida Markaziy Osiyo davlatlari savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda hamda xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatlarini samarali amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanliklarini ta’kidlagan edi.

Shubhasiz, BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi rezolyutsiyasi sa’y-harakatlarni birlashtirishga, shuningdek, barcha sohalarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tokiodagi Sharqiy Osiyo Strategik markazi eksperti Kiyomitsu Takagi:

– O‘zbekistonning jur’atli amaliy sa’y-harakatlar bilan quvvatlangan konstruktiv va tinchdik sari eltuvchi tashqi siyosiy tashabbuslari xalqaro maydonda jiddiy qiziqish uyg‘otmoqda. Toshkentning faol tashqi siyosati Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining va mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi boshlanishiga olib keldi.

Mintaqadagi so‘nggi yirik ijobiy o‘zgarishlarning xalqaro darajada e’tirof etilishining muhim natijasi o‘laroq BMTning Markaziy Osiyoda izchil taraqqiyotni ta’minlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari to‘g‘risidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu hujjat mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, transport va kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Xavfsizlik masalalarga, xususan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu omil mintaqadagi barcha mamlakatlar xavfsizligini va izchil rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

«Dunyo» AA