YAPONIYADA O’ZBEK MADANIYATI VA SAN’ATINING TAQDIMOTI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaponiyaning Mito shahrida o’zbek madaniyati va san’atining taqdimoti bo’lib o’tdi. Unda Kunchiqar mamlakatning madaniyat va san’at arboblari, Mito shahar ma’muriyati va jamoatchiligining vakillari ishtirok etdilar.
“Silk Road Ensemble” yapon musiqa ansambli a’zolari tomonidan ijro etilgan o’zbek ashula va raqslari taqdimot ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg’otdi. Ma’lumot tariqasida qayd etish joizki, ushbu madaniy guruh Yaponiyaning Ibaraki prefekturasida 2003-yili tashkil etilgan. Jamoaning raqqosalari o’zbek xalq raqslarini ijro etish bo’yicha o’z mahoratlarini takomillashtirish uchun 2009 – 2012-yillari O’zbekistonda bo’lgan edilar.
Taqdimot marosimi doirasida uning ishtirokchilari milliy mehmondo’stlikdan bahramand bo’lish, ya’ni o’zbek oshxonasi taomlari va sharqona shirinliklardan tatib ko’rish imkoniga ham ega bo’ldilar.
— O’zbekiston men uchun yaqin mamlakatga aylanib qoldi, - deydi tadbir qatnashchisi Ise Sato “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida. - E’tiborimizga taqdim etilgan o’zbek milliy raqslari bizlarga ayniqsa yoqdi - o’zimizni ajoyib yurtingizda turgandek his qildik.
— O’zbekiston hududi hamisha dunyo sivilizatsiyasi o’choqlaridan biri sanalib kelgan. Chunki asrlar davomida o’lkangiz ko’pgina madaniyatlar almashuvlarining markazi bo’lgan. Men bugungi taqdimot marosimi singari tadbirlar Yaponiya - O’zbekiston madaniy almashuvlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi, deb o’ylayman. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada rivoj topishiga tilakdoshman.
Taqdimotning yana bir ishtirokchisi Terauchi Michiko O’zbekiston boy madaniyat va an’analarga ega ekanligini alohida ta’kidladi.
— O’zbek va yapon xalqlari mentalitetidagi o’xshashliklar mamlakatlarimiz o’rtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga turtki beradi, - dedi u. - Bugun tashkil etilgan O’zbekiston taqdimoti Mito shahri jamoatchiligiga mamlakatingizning o’ziga xos madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.
“Jahon” AA, Tokio