YAPONIYADA O’ZBEK MILLIY LIBOSLARI VA BEZAKLARI TAQDIMOTI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaponiyaning Tokiyo shahrida joylashgan “Akasaka” san’at saroyida Samarqandning “El merosi” tarixiy liboslar teatri taqdimoti bo’lib o’tdi. O’zbek milliy liboslari va bezaklari namoyish etilgan ushbu tadbirda mazkur mamlakat ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-akademik doiralari vakillari, madaniyat va san’at arboblari ishtirok etdilar.
Taqdimotning ochilish marosimiga yig’ilgan mehmonlar va ishtirokchilar e’tiboriga O’zbekistonning tarixi va hozirgi kuni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning natijalari, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan keng-ko’lamli chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot havola etildi.
Tadbirning asosiy qismida “El merosi” ansamblining “Abadiyatning bir lahzasi” nomli maxsus dasturi taqdim etildi. U o’z ichiga o’zbek xalqining qadimdan xozirgi kunga qadar bo’lgan davrga oid liboslar, bosh kiyimlar va bezaklari namoyishini qamrab oldi.
Shuningdek, taqdimot chog’ida o’zbek xalqi hayoti va milliy urf-odatlari aks ettirilgan badiiy dasturlar guldastasi tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Mamlakatimiz tarixining turli davrlariga mansub bo’lgan betakror liboslarning sara namunalari tadbirga tashrif buyurgan san’at ixlosmandlarining yuksak baholariga sazovor bo’ldi. Bundan tashqari, yaponiyalik tomoshabinlar yurtdoshlarimiz tomonidan ijro etilgan milliy musiqa va raqslarni davomli guldiros qarsaklar bilan qarshi oldilar.
“Yaponiya-O’zbekiston” do’stlik uyushmasi prezidenti Nobuxiko Shima “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida Kunchiqar mamlakatda o’zbek zamini va uning shonli tarixi hamda ko’p asrlik an’anlariga bo’lgan qiziqish tobora ortib borayotganini ta’kidladi.
— Bugungi konsert dasturiga Tokiyo shahrida istiqomat qiluvchi minglab tomoshabinlar va mehmonlar tashrif buyurdilar, - dedi N.Shima. - Ular o’zlari bilan ushbu quyoshli o’lkaning bir bo’lagini, uning takrorlanmas madaniyati va san’atini olib ketmoqdalar. Shubhasiz, bu singari tadbirlar Yaponiyadan O’zbekistonga keluvchi sayyohlar sonini ortishi bilan birgalikda xalqlarimiz o’rtasidagi madaniy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
“Jahon” AA, Tokiyo