Yaponiyadagi vatandoshlarimiz Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasi xususida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham ulkan amaliy ahamiyat kasb etadi.Chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz “Dunyo” axborot agentligi muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ana shunday fikrlarni bayon etgan holda, mazkur muhim voqea yuzasidan o‘z mulohazalarini bayon etdilar.
Yaponiyadagi o‘zbek yoshlari assotsiatsiyasi raisi, “NEC Corporation”kompaniyasi xodimi Xasanov Jo‘rabek:
— Prezidentimiz tomonidan keyingi yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berilgani bejizga emas, - dedi J.Xasanov.-Ta’kidlaganlaridek, ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun, avvalambor chet eldan investitsiya kiritish muhim ahamiyatga ega.
Xozirgi kunda Yaponiyada 3500 nafarga yaqin vatandoshlarimiz istiqomat qiladi. Ularning aksariyati talabalar va qolgan qismi esa turli xil kompaniyalarda ishlaydilar. O‘ylaymanki, vatandoshlarimiz yurtimizga Yaponiyadan texnologiyalar va investitsiyalar olib kirishga o‘z hissalarini qo‘shadi.
Templ Universiteti talabasi Amirjon Abdukodirov:
— Bugun vatandoshlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasini katta e’tibor bilan tingladik. O‘z nutqlarida asosiy e’tiborni mamlakatimizni ijtimoiy rivojlantirish, ayniqsa, chet el investitsiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish keyingi yildagi asosiy vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Hozirda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar davrida investitsiyani jalb qilish muhim ahamiyatga ega deb o‘ylayman. Biz Yaponiyadagi o‘zbek yoshlari assotsiatsiyasi ishchi guruhi a’zolari o‘z oldimizga yaponiyalik tadbirkorlarni yurtimizga qiziqishlarini yanada orttirish va ularni jalb qilishni maqsad qilib oldik. Hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga bo‘lgan tobora ortib bormoqda.
“Dunyo” AA