Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Yaponiyalik olimlar O’zbekistonning boy tarixi haqida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Yaponiyalik olimlar O'zbekistonning boy tarixi haqida

Yaponiyadagi «Rishsho» universitetida Kunchiqar mamlakat tadqiqotchilari tomonidan O’zbekistonda olib borilayotgan arxeologik qazilma ishlari mavzusiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir doirasida tashkil etilgan Surxondaryo viloyati tarixi hamda uning arxeologiya yodgorliklari taqdimoti chog’ida Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa va Zartepa singari shaharchalaridagi qadimgi buddaviylik yodgorliklariga oid ma’lumotlar muloqotlarning asosiy mavzusi bo’ldi.

Ma’lumot tariqasida shuni qayd etish kerakki, «Rishsho» universiteti (Rissho University) Yaponiyadagi eng qadimgi ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Unga 1872-yili asos solingan. Ushbu oliy o’quv yurti 20 ta fakultetni, 15 ta tadqiqot instituti va markazlarni o’z atrofida birlashtirgan. «Rishsho» universitetida 12 ming nafar talaba tahsil oladi. U xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko’rsatadigan 40 ta oliy o’quv yurti bilan o’zaro sheriklik aloqalarini yo’lga qo’ygan.

Yaponiya universitetlarining professor va tadqiqotchilari, ilmiy-akademik doiralari vakillari ishtirokida o’tgan mazkur tadbir chog’ida qayd etilganidek, O’zbekistonning boy tarixi o’z ildizlari bilan ming yilliklar qa’riga borib tutashadi. Asrlar davomida O’zbekiston hududi ko’pgina millatlar, diniy dunyoqarashlar, an’ana va madaniyatlarning o’chog’i bo’lgan. O’zbek zaminidagi ko’pgina arxeologiya yodgorliklari ham bu fikrni tasdiqlaydi.

“Jahon” axborot agentligining muxbiri tadbirning ayrim ishtirokchilari bilan davra suhbati yakuni bo’yicha muloqotda bo’ldi.

2014-yili oliy o’quv yurtimiz O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan o’zaro hamkorlik to’g’risida bitim imzoladi, - deydi «Rishsho» universitetining professori Xaruxi Yasuda. - Biz yaqinda Termizdagi Qoratepa shaharchasida qo’shma arxeologik qazilma ishlarini olib bordik. Bundan ko’zlangan maqsad qazilma ishlari ma’lumotlari asosida qadimgi xalqlar madaniyatining birikuvi kuzatilgan Qoratepa orqali buddaviylikning Sharqqa tarqalishi tarixini ochib berishdir.

Bizning o’zaro hamkorlikdagi ishlarimiz O’zbekistonning ko’hna tarixi va madaniyatini tadqiq etishda muhim natijalar beradi hamda mamlakatlarimiz o’rtasidagi do’stona munosabatlarning mustahkamlanishiga hissa qo’shadi, deb umid qilaman.

— Men Surxondaryo viloyati hududidagi arxeologik qazilma ishlarida ishtirok etib kelayotganimga 25 yildan oshdi, - dedi yapon arxeoyelog olimi, “Do’stlik” ordeni sohibi, Termiz shahrining faxriy fuqarosi Kyudzo Kato. - Surxondaryo me’morchilik yodgorliklari o’zbek xalqining noyob va rivojlangan tarixi ildizlari juda chuqur xarakterga ega ekanligini tasdiqlamoqda. Madaniyatlar va dinlar chorrahasida bo’lgan o’lkangiz butun mintaqaning rivojlanishida muhim o’rin tutgan.

O’zbekistonda buyuk ajdodlarning boy madaniy merosi avaylab asralayotgani barobarida arxeologiya yodgorliklarini o’rganishga ham katta e’tibor qaratilayotgani quvonarli holdir.

“Jahon” AA, Tokio