“YASHIL HAFTA”DA O’ZBEK PALOVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Germaniyaning “Düsseldorfer Blatt”, “Usbekistan Online” va “Berlin City Report” elektron portallari Berlin shahrida o’tkazilayotgan oziq-ovqat sanoati, qishloq, o’rmon va bog’dorchilik xo’jaligi mahsulotlari namoyish etiladigan dunyoning eng yirik ko’rgazmasi - “Grune woche-2016” (“Yashil hafta”-2016) da mamlakatimiz ishtiroki haqidagi xabarlarni o’z sahifalarida yoritdi.
E’lon qilingan materiallarda mazkur ko’rgazmada O’zbekiston bo’limini ko’zdan kechirish maqsadida kelgan barcha mehmonlarga tortiq etilayotgan milliy oshxonamizning shohona taomi - palovga asosiy e’tibor qaratilgan.
“Palov O’zbekistonda istiqomat qiluvchi har bir inson uchun eng sevimli, mashhur va qadimdan ommabop taom hisoblanadi. Uni tayyorlashda asosan sabzi, sarimsoqpiyoz, piyoz, va go’shtdan (qo’y va mol go’shti) foydalaniladi. Eng asosiy masalliq esa guruch hisoblanadi. Guruch navi va hajmini to’g’ri tanlash hamda unga me’yorida ishlov berish oshpaz tomonidan palovning maromiga yetkazib pishirilishida katta ahamiyat kasb etadi”, deb yozadi nemis ommaviy axborot vositalari.
Shuningdek, maqolada yurtimizning har bir hududida o’ziga xos bo’lgan palov tayyorlanishi, ularning har biri o’ziga xos ta’mga ega ekanligi ham o’quvchilarning e’tiboriga havola qilingan. “Mazali palovdan tatib ko’rishni xohlovchilar joriy yil 24 yanvar kuni Berlin shahrida joylashgan “Messe Berlin” ko’rgazmalar markazida maromiga yetkazib tayyorlangan o’zbek palovidan bahramand bo’lishlari mumkin. O’zbekiston milliy bo’lmasi vakillari ko’rgazmaga tashrif buyuradigan barcha mehmonlarni mazkur ajoyib taomdan tatib ko’rishga taklif qiladilar”, deb yozadi nemis axborot portallari.
“Jahon” AA, Berlin