YASHIL MAYDON MALIKALARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Yashil maydon malikalari” musobaqasining respublika final bosqichi boshlandi.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning quyi bosqichlarida jami ming nafardan ortiq havaskor ishtirok etdi. Respublika final bosqichida eng kuchli to‘rt jamoa g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Mazkur musobaqadan ko‘zlangan maqsad – qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, mamlakatimizda ayollar futbolini yanada ommalashtirish, havaskor sportchilarning tajriba va mahoratini oshirishdan iborat.
Musobaqaning dastlabki yarim final uchrashuvida Toshkent viloyati jamoasi Qashqadaryo viloyati vakillarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi yarim final uchrashuvida Farg‘ona va Xorazm viloyatlari jamoalari maydonga tushdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahsning asosiy qismida hisob ochilmadi. Penaltilar bahsida vodiylik qizlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
– Bunday sport musobaqalari tengdoshlarimiz bilan do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga yordam beradi, – deydi Toshkent viloyati jamoasi a’zosi Madina Abdug‘aniyeva. – Ilk uchrashuvda muhim g‘alabaga erishdik. Jamoamizdagi ruhiy tayyorgarlik, o‘zaro hamjihatlik, g‘alabaga bo‘lgan ishonch bizni yuksak marra tomon yetaklaydi.
Musobaqaning final uchrashuvida Toshkent va Farg‘ona viloyatlari jamoalari o‘zaro bahslashadi.
O‘zA