“YASHNOBOD ” TEXNOPARKI NEGIZIDA AMALGA OSHIRILISHGA REJALASHTIRILGAN BIRINCHI LOYIHALAR TAQDIM ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnolgiyalar bo‘yicha agentlikda “Yashnobod” texnoparkida joriy etish uchun eng samarali, innovatsion ishlanmalarning ro‘yhati muhokama etildi.
Xususan, joriy etilish uchun rejalashtirilgan bir qator ishlanmalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, jumladan “Sabzavotlar urug‘larini ishlab chiqarish uchun Agrar markazni tashkil qilish”,
“Feromon qopqonlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish”, “Avtonom tartibda ishlaydigan fotoelektrik moslamalar”, “Mahalliy homashyo asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqarish”, “Tish implantlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish”.
Fan va texnologiyalar bo‘yicha matbuot xizmati xabar berishicha, bunday yig‘ilishlar doimiy bo‘lib qoladi. Ularning maqsadlari ishlab chiqarish jarayoniga olimlar tadqiqotlari natijalarini joriy etish va, shuningdek, oliy o‘quv muassasalari va ilmiy –tadqiqot markazlari bilan kichik va o‘rta biznes vakillarining hamkorligini ta’minlab, qo‘shimcha daromad manbaiga aylantirish. Keyinchalik esa har bir tadqiqot hayotga tadbiq etiladi .
Yig‘ilishda bosh direktorning birinchi o‘rinbosari O.Parpiev, bosh direktor o‘rinbosari O.To‘ychiev, “Yashnobod” texnoparki rahbariyati, olimlar va mutaxassislar ishtirok etishdi.