YAXMALAKKA QARSHI YANGI IXTIRO
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O’zavtoyo‘l” DAK tizimidagi Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutida bugungi kunda ko‘plab ilmiy ixtirolar va tadqiqotlar ustida ish olib borilmoqda. Shulardan biri – yaqinda sinovdan o‘tgan yo‘llardagi yaxmalakka qarshi ekologik xavfsiz kimyoviy reagentlardir.
“Maksam-Chirchiq” AJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yaxmalakka qarshi reagent, 2014 yilda Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutida labolratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Bevosita amaliy tekshiruv sinovlari esa 2015 yilning 21 fevral va 10 mart kunlari Qamchiq dovonida, ya’ni A-373 «Toshkent-O’sh» avtomobil yo‘lida olib borildi.
Institut direktori O.Ziyaevning ma’lumot berishicha, yaxmalakka qarshi reagentni Respublikamiz avtomobil yo‘llarida qo‘llash uchun institut tomonidan “Metodik qo‘llanmalar” ishlab chiqilgan.
Reagentning kimyoviy tarkibi karbamid, kaltsiy nitrati va magniydan iborat. U ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lib, yo‘llardagi beton qoplamalar va to‘siqlarni yemirmaydi, shuningdek, qishgi sharoitlarda harakat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, deb xabar beradi “O’zavtoyo‘l” DAK.
“Jahon” AA