Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YEI MAXSUS VAKILI: “O’ZBEKISTON DIQQATGA MOLIK SALOHIYATGA EGA”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YEI MAXSUS VAKILI: “O'ZBEKISTON DIQQATGA MOLIK SALOHIYATGA EGA”

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi hamon jahon hamjamiyatida o’zining aks-sadosini bermoqda.

Quyida Yevropa Ittifoqi siyosiy doiralarining vakilining “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida davlatimiz rahbarining mazkur ma’ruzasi yuzasidan bildirgan o’z fikr-mulohazalari bayon etiladi.

Peter Burian, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili:

— O’tgan yili mamlakatingiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanishda davom etganini tilga olish menga mamnuniyat bag’ishlaydi. Nomaqbul global iqtisodiy tamoyillar saqlanib turgan bo’lishiga qaramay, biznes yuritish uchun qulay sharoitlarni yaratish bo’yicha O’zbekiston Jahon iqtisodiy forumi va Jahon banki reytinglarida yuqori bahoga sazovor bo’ldi.

Men Toshkentda o’tkazilgan Xalqaro sarmoyaviy forum ishida shaxsan qatnashishga muyassar bo’ldim. Respublika rahbariyatining iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va modernizatsiyalashga sodiq ekanligini ko’rdim. Mazkur tadbir mahalliy bozor imkoniyatlarini o’rganishda jahon ishbilarmonlar hamjamiyatining yanada faol qatinashishga bo’lgan qiziqishi o’sib borayotganini ko’rsatdi.

Ishonchim komilki, majmuaviy tizimli islohotlarni davom ettirish O’zbekistonga o’zining diqqatga sazovor bo’lgan iqtisodiy salohiyatini hayotga tadbiq etish va yanada ko’proq xorij kapitalini, shu jumladan, YEI sarmoyalarini jalb etish imkonini beradi.

Biz tajriba va ilg’or texnologiyalarni almashish yo’li bilan mamlakatingiz bilan hamkorlikni mustahkamlashga hamda respublikani modernizatsiyalash jarayonlarida qadrli sherik bo’lishga tayyormiz. Bundan tashqari, biz O’zbekistonda biznes muhitini yanada takomillashtirish bo’yicha muloqot olib borish va hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdamiz. Chunki O’zbekistonning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, raqobatbardoshlikni oshirish, qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni davom ettirish yuzasidan qarori qat’iydir. O’ylaymanki, mamlakat o’z oldiga qo’ygan aniq maqsadga, ya’ni 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirishga hamda yuqori daromad darajasi va iqtisodiyoti rivojlangan davlat maqomiga erishadi. YEI O’zbekiston sa’y-haraktlarini qo’llab-quvvatlash uchun o’zaro hamkorlik mexanizmlaridan unumli foydalanishga tayyor.

So’zim oxirida o’zbek xalqini tobora yaqinlashib kelayotgan qutlug’ sana - davlat Mustaqilligining 25 yilligi bilan tabriklashga istar edim. O’ylaymanki, ushbu yubiley sanasi tarixan qasqa davr ichida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni sarhisob qilish bilan birga bundan keyingi iqtisodiy muvaffaqiyatlarning eng maqbul yo’llarini belgilab olish uchun ham yaxshi imkoniyat yaratadi. Shu o’rinda YEI O’zbekistonni doimo qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qilishni istar edim.

“Jahon” AA, Bryussel