Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Yerdan unumli foydalanish uchun nima qilish kerak?

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Yerdan unumli foydalanish uchun nima qilish kerak?

Prezidentimizning 2020-yil 11-maydagi “Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori Jizzax viloyatining agrar tarmogʻini yana-da rivojlantirishda muhim hujjat boʻldi.

Bu haqida viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari Zohid OMONOV OʻzA muxbiriga quyidagilarni maʼlum qildi.

– Serquyosh zaminimizning har bir qarichini jannatga qiyos qilsa arzigulik. Mamlakatimiz iqlim sharoiti nafaqat paxta, gʻalla, balki, sabzavot yoki ziravordan tortib tropik mevalarni ham yetishtirish uchun qulay.

Ammo tabiat boyliklari oqilona foydalanilgandagina samara beradi. Tabiiy imkoniyatdan toʻgʻri foydalanib yaxshi samaraga erishayotganlar ham, aksincha, bor imkoniyat barbod etilayotganiga ham misollar koʻp. Shuning uchun odamlarni hayot uchun eng zarur neʼmat – oziq-ovqat bilan taʼminlash tobora dolzarb vazifaga aylanib borayotgan hozirgi davrda qishloq xoʻjaligida aniq hisob-kitoblarga tayanib ish yuritish kerak.

Shu maʼnoda Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan qarori soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Mazkur hujjatda tajriba sifatida Jizzax viloyati tanlangan.

Xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirish, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oʻstirishda qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, hududlarni tuproq iqlim sharoitiga mos qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashtirishning ahamiyati katta. Bu ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan, raqobatbardosh oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini koʻpaytirish hamda ilm-fan yangiliklarini joriy etish va mahsulot yetishtiruvchilarning moddiy manfaati ortishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, ilmiy tekshirish institutlari mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tavsiyalari, tumanlar tomonidan berilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan bu hujjatda viloyat boʻyicha 116,3 ming gektar yer maydonini bosqichma-bosqich uch yil mobaynida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasi belgilangan. Ushbu maydonlar eksperiment sifatida bogʻdorchilik va uzumchilik, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va dorivor oʻsimliklar yetishtirish hamda issiqxona xoʻjaliklariga ixtisoslashtiriladi.

Qarorga muvofiq, 2020-2022 yillarda viloyatda jami bogʻ va tokzorlar maydonini 59 ming 417 gektarga yetkazish koʻzda tutilayotir. Shundan 28 ming 972 gektar bogʻning 7 ming 563 gektari, 30 ming 445 gektar tokzorning 3 ming 560 gektari hozirda mavjud. 20 ming 332 gektar bogʻ, 26 ming 885 gektar tokzor yangi plantatsiya shaklid barpo etilishi rejalashtirilgan.

Oziq-ovqat manbaining muhim qismi boʻlgan boshqa ziroat ekinlarini koʻpaytirish boʻyicha ham shunday aniq rejalar belgilab berildi. Qarorda 2020-2022 yillarda 56 ming 893 gektar maydonda sabzavot, poliz, dukkakli ekinlar yetishtirish belgilangan. Jumladan, sabzavot ekinlari maydoni 10 ming 263 gektarga, poliz 6 ming 567 gektarga, kartoshka 1 ming 310 gektarga, dukkakli ekinlar maydoni 32 ming 90 gektarga yetkaziladi. Issiqxonalar maydoni 10 ming 12 gektar, ozuqabop ekinlar maydoni 5 ming 650 gektarni tashkil etishi koʻzda tutilmoqda.

Qarorda bu ishlarni amalga oshirishning moliyaviy manbalari ham belgilab berildi. Xususan, tadbirkorlarga yangi koʻchatlar sotib olish uchun 7 yilga 8 foizli imtiyozli bank kreditlari, klasterlarga 16 foiz subsidiya belgilangani ularning imkoniyatini yana-da kengaytiradi.

Shuningdek, qarorga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvarga qadar chetdan olib kirilayotgan urugʻlar, koʻchatlar va payvandtaglar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari bojxona bojidan ozod etilishi qoʻshimcha yengilliklar yaratadi.

Ushbu hujjatda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 6 milliard soʻm mablagʻi evaziga 6 dona burgʻilash mashinasi xarid qilinib, viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga begʻaraz ajratilishi lalmi yerlarni suv bilan taʼminlashda katta imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ixtisoslashtirilayotgan hududlarning gaz va elektr energiyasi taʼminoti oʻrganilib, issiqxona, bogʻ va tokzorlarni barpo etishda yetarli darajada quvvatlarni yetkazib berish hisobga olingan.

Zomin tumanidagi dengiz sathidan 1-1,5 ming metr balandlikda boʻlgan Qoramozor hududidan 20 gektar yer maydoni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti balansiga oʻtkaziladi. Zafarobod tumani F.Xoʻjayev massivida 513 gektar samarasiz foydalanib kelinayotgan sugʻoriladigan yer maydoni 2 ming 400 bosh goʻsht yoʻnalishidagi chorva kompleksini tashkil etish sharti bilan loyiha tashabbuskorlariga tanlov asosida ajratib beriladi.

Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor tumanlaridan yirik agrologistika markazlari tashkil etish loyihalari amalga oshiriladi.

Qaror chiqqan kundan boshlab viloyat va tuman kengashlari bilan birgalikda ixtisoslashtirilayotgan yerlarni tashabbuskorlarga ajratib berish, rayonlashgan plantatsiyalarni joylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boshlandi. Bu ishlar belgilangan muddatlarda bajariladi.

Qaror bilan viloyatning koʻpgina tumanlarida qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda yangi imkoniyat paydo boʻlmoqda. Yerlardan samarali foydalanish, yiliga ikki-uch marta hosil olish uchun sharoit yaratib berilishi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning ishonchli yoʻlidir. Bu aholining koʻp qismi qishloqda yashaydigan hududlarda yangi ish oʻrinlari yaratish, odamlar turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

UzA