“YEVRONYUS” TELEKANALI “SAMARQAND: SHARQ OHANGLARI” DASTURINI NAMOYISH ETMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yil 1-sentabrdan e’tiboran “Yevronyus” telekanalida “Sharq taronalari” o’ninchi xalqaro musiqa festivaliga bag’ishlangan “Samarqand: Sharq ohanglari” deb nomlangan maxsus reportajning namoyishi boshlandi.
Lavhalar “Le Mag” - “Jurnal” rukni ostida “Yevronyus” ning 14 tilida efirga uzatilmoqda. Unda har ikki yili O’zbekistonning ko’hna Samarqand shahrida an’anaviy Sharq ohanglari baralla yangrashi qayd etiladi. Reportajda Buyuk Ipak yo’li marvaridining qoq yuragi - Registon maydonida o’tkaziladigan mazkur festival dunyodagi madaniy xilma-xillikni musiqa vositasida namoyon qilayotgani e’tirof etiladi.
Yevropalik jurnalistlarning aytishlaricha, YUNESKO shafe’ligida o’tkaziladigan ushbu tadbir nafaqat mintaqada, balki uning sarhadlaridan tashqarida ham eng ommabop va taniqli madaniy anjuman bo’lib qolgan. Festival ishtirokchilarining jo’g’rofiyasi yildan-yilga kengayib bormoqda. Samarqandda ushbu festivalning yubiley, ya’ni o’ninchi anjumani rekord darajadagi ishtirokchilarni - dunyoning 60 dan ziyod mamlakati vakillarini o’z atrofiga jamladi.
Telekanalning ma’lum qilishicha, “Sharq taronalari” musiqiy va madaniy merosni targ’ib etishni, xalqlar o’rtasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Shuningdek, mazkur reportajda “Sharq taronalari” festivalida faxriy mehmon sifatida ishtirok etigan YUNESKO Bosh direktorining jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari Erik Faltning intervyusi ham teletomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan.
“Biz dunyoda har kuni yangiliklar dasturi orqali madaniyat ob’yektlari va san’at buyumlariga bo’layotgan hujumlardan voqif bo’lamiz, - deya bayonot bergan “Yevronyus” muxbiriga E. Falt. - Biz bu yerda mutlaqo boshqacha manzarani - turli mamlakatlar madaniyatlari xilma-xilligini asrash va ularni rivojlantirish hamda mavjud an’ananing kelajak avlodga berilishi tamoyilini ko’ramiz”.
Festivalning ochilish marosimi chog’ida tasvirga olingan rang-barang lavhalar hamda jahonning turli mamlakatlari vakillarining musiqiy chiqishlari mazkur reportajni yanada boyitgan.
Eslatib o’tamiz: 2013 va 2014-yillari “Yevronyus”da ushbu telekanal muxbirlari tomonidan mamlakatimizning tarixiy shaharlariga bag’ishlab tayyorlangan “Uzbekistan Layf” turkumidagi ko’rsatuvlar ham namoyish etilgan edi.
2014-yil 1-3-oktabr kunlari Samarqandda bo’lib o’tgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Ijroiya kengashining 99-sessiyasi to’g’risidagi maxsus reportaj hamda respublikamizning diqqatga sazovor sayyohlik maskanlari haqidagi reklama lavhasi ko’p sonli teletomoshabinlar etiborini o’ziga tortdi.
O’zbekiston poytaxti Toshkent va butun dunyoga mashhur bo’lgan tarixiy Samarqand shahri “Yevronyus”ning ob-havo ma’lumotlari xaritasida o’z ifodasini topgan.
“Samarqand: Sharq ohanglari” reportaji “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi ko’magida tayyorlangan. Uni “Yevronyus”ning veb-sahifasida (http://ru.euronews.com/2015/09/01/traditional-music-festival-fills-samarkand-with-oriental-melodies/) ingliz, fransuz, jumladan, rus hamda telekanalning boshqa ishchi tillarida ko’rish mumkin.
“Jahon” AA, Parij